Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi
Laylak qor
Meni esimga tushdi ul bevafo go'zal
yor
Xo'p ajoyib dam edi qorli qirovli
kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin tush
ko'rib tunlar
Laylak qor yoqqanida uni ilk bor
ko'rgandim
Ko'rib uni qalbimda sexrli xis
tuygandim
O'tirardi qarshimda shiringina
jilmayib
Qor shu onda atayin yog'ar edi
kuchayib
Men xech ko'z uzolmadim betakror
ko'zlaridan
Maftun bo'lib qolgandim samimiy
so'zlaridan
U juda Dilbar edi kulib turardi yuzi
Kulgichlarida yashirin bor edi shirin
nozi
Ilk muhabbatim edi ul bevafo go'zal
yor
Uchratkandim men uni yoqqanida
Laylak qor...
Samimiy suhbatidan zavq olardim bir
jaxon
Uchratmagandim avval bundayin
shirin zabon
Qo'l ushlashib yurardik bog'lar aro
ikkimiz
Xayolimda bir umr buzilmasdi
sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go'zal
yor
Tanishkandim u bilan yoqqanida
Laylak qor...
Ko'zimizga tikilib tinmay suhbat
qurardik
Yoz oylari qirg'oqdan chig'anoqlar
terardik
Axdu paymon qilgandik ul bevafo yor
bilan
Qasamxam ichgan edik oppoq nafis
qor bilan
Tunlari uxlamasdan o'ylab chiqardim
uni
U aslo sevmas ekan sezmas ekanman
buni
Afsus meni tark etdi Ul bevafo go'zal
yor
Sevgan edim men uni yoqqanida
Laylak qor...
Ko'rdim boshqasi bilan yurardi
bavafo yor
Samodan esa tinmay yog'ar edi
Laylak qor
Xotiralarni qo'zg'ab yana yog'di
Laylak qor
Yurib borardim sekin kumush qish
fasli edi
Osmondan biram go'zal Laylak qor
yog'ar edi
Nogox nigohim tushdi ul bevafo
go'zalga
Negadir xarakati o'xshardi telbalarga
Jinni bo'lib qolganmi deb o'yladim
men uni
Surishtirib so'ng bildim xaqiqatligin
buni
Aqldan ozgan edi ul bevafo go'zal yor
Shundaxam esa tinmay yog'ar edi
Laylak qor...
So'ng biroz vaqtlar o'tdi balki oylar,
balki yil
Bir fojiya bo'lgandi aytolmaydi buni
til
Eshitdimu yig'ladim kelmas edi
ishongim
Xar qancha bo'lganda xam men uni
sevar edim
Olamdan o'tgan edi ul bevafo go'zal
yor
Doyimgidek samodan yog'ar edi
Laylak qor...
Bevafo bo'lsada u yashab yursa
bo'lardi
Xayotda baxtli yursa ko'nglim nurga
to'lardi
Qalbim tig'langan edi endichi nima
bo'ldi
O'n gulidan bir guli ochilmaganim
so'ldi
So'nggi vaqtda negadir ko'proq
yolg'iz yurarkan
Laylak qor yoqqanida to'yib to'yib
yig'larkan
Yoz oylarixam yolg'iz dengizlarga
borarkan
Qirg'oqlardan erinmay chig'anoqlar
terarkan
Avvalgidek shirinmas ekan uning
so'zlari
Mayus tortib qolibdi xatto xumor
ko'zlari
Oxir chiday olmasdan joniga qasd
qilibdi
Tig'ni olib qo'liga tomirlarin tilibdi
Yiqilibdi shu onda ul bevafo go'zal
yor
Qonga belanib qopti zamin uzra
yoqqan qor
Bevafoyim go'zalim nega meni tark
etding
Bechora oshig'ingni sen yolg'iz
tashlab ketding
Juda qattiq sevardim tashlab ketgan
bo'lsangda
Unutolmayman seni gar marxuma
bo'lsangda
Huzuringga borgandim ey bevafo
go'zal yor
Qabring ustiga tinmay yog'ar edi
Laylak qor...
O'ksib o'ksib yig'ladim bag'ring bosib
bag'rimga
Bevafo bo'lsangda sen yetar eding
qadrimga
Xotiralarni qo'zg'ab endi yog'ma
Laylak qor...
O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar
kelishdi
Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi
Quvonch baxshida etar ushbu fasl
maftunkor
Menchi g'arib qabringga ko'z tikaman
umidvor
Qabring ustida jonim lola bo'lib
ochilsang
Asta asta uzilib men tomonga
sochilsang
Nega qaldirg'och bo'lib in qurmaysan
uyimga
Qanoting qoqib maxzun bo'y
urmaysan bo'yimga
Xech bo'lmasa samodan ko'z
tikmaysan men tomon
Tushlarimga xam kirmay rangim
aylading samon
Ayni damda xotira qiynamoqda
dilimni
Bog'da sen uchun ekkan uzgim
kelmas gulimni
Seni eslatib turar xatto ona tabiat
O'ylayman go'yo senga yaralgandek
muhabbat
Kuz boshlanar to'stadan qalbim
sarg'ayib qolar
Barg o'rniga orzular bitta bitta to'kilar
Xazondek rang kasb etgan mening
xasta yuragim
Tezroq yoninga borish mening
yolg'iz istagim
So'ramayman kerakmas yonib turgan
yulduzlar
Mayli muhimxam emas xatto kecha
kunduzlar
Qaniydi porlab tursa mangu yumuq
ko'zlaring
O'zim ko'rib tursaydim xar bir bosgan
izlaring
Sen bilan nafas olsam bu musaffo
xavodan
Seni tortib olsaydim shavqatsiz bu
samodan
Qor yog'adi maydalab qabringustiga
jonim
Azob bo'lar bu tarzda xar bir
o'tkazgan onim
Sovqattimi jonginam nozikkina
qo'llaring
Naxot endi ko'rmaysan qor
to'shalgan yo'llaring
Shu qabr ichra erkam men yotsam
bo'lmasmidi
Gar xayot bo'lsang ekkan gullaring
so'lmasmidi
Xa bilmaysan nozigim sen ekkan
gullar so'lgan
Sening yo'qliging bilgach ular xam
tamom bo'lgan
Sensiz go'zalim gulim tinmay yig'lar
bu yurak
Bunday g'am chekib yashash ayginchi
kimga kerak
Go'yo tirik murdadir qiyofam xozir
mening
Qanchalar ko'rgim kelar charos
ko'zlaring sening
Yashayapman yuzimda sohta
tabassum bilan
Qalb to'la zardobligin faqat o'zim
bilaman
Qaniydi imkon bo'lsa sen tomonga
uchardim
Ushlab olib qo'lingdan keyin maxkam
quchardim
Xechkimga bermas edim ushlab
olsam qo'lingdan
Qo'yib yubormas edim o'shal nozik
belingdan
Ammo qachon keladi men kutgan
o'sha laxza
Xardam umid qilaman bo'lar deb bir
mo'jiza
Yodimdadir azizam biz yurib o'tgan
yo'llar
Qirg'oqlarda chopib biz sayr etgan
ko'llar
Xar doyimgidek yana o'rik qiyg'oz
gullaydi
Kapalaklar parvona atrofida bo'ylaydi
Sezib turaman guldan ari asal yig'adi
Biroq tinmayin yurak o'ksib o'ksib
yig'laydi
Tuyilaverar menga kamdek kimdir
nimadir
Bu senliging bilsamda til aytishga
ojizdir
Mayli azizam endi alvido deyman
senga
Baribir yolvorsamda xechxam
qaytmaysan menga
O'rik qiyg'oz gulladi kapalaklar
kelishdi
Gullar ifor taratib bahorligin aytishdi
Afsuski armon senga o'rikning qiyg'oz
guli
Xotiralarni qo'zg'ab endi yog'ma
Laylak qor
O'tinaman jon Laylak qor
xotiralarimni qo'zg'atib
Menga uni eslatma ortiq qiynalishni
xoxlamayman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев