Предыдущая публикация
Senga vido aytmoq bo'lmadi
oson,
So'zlarning keragin tanlab so'z
yozmoq.
Menga hatto javob kelmog'i
gumon,
Ayriliq ko'ziga azobdir boqmoq...
Senga xatlar bitdim takror va
takror,
Yomg'irlar yoqqanda, yoqqanida
qor.
Yuvilib ketgandir ular ostida,
So'ngi ilinji-yu, eng so'ngi izhor...
Senga to'g'risini aytganim -
hato!
Hayollar makoni endi do'zohim.
Menga atalgandek edi bu dunyo,
Aslida sarobdek bo'ldi hayotim...
Senga umid bog'lab, unitdim
o'zni,
Tushlarim ro'yosin qo'msab
yashadim.
Alvido so'zini yozgan qalamga,
Yurakdan siyohdon o'zin
yasadim...
Alvido, tug'ilmay o'lgan hislarim,
Alvido, yozilmay o'chgan
she'rlarim,
Alvido, Alp Jamol, qora qoshlarim,
Alvido, so'ngi bor, alvido jonim!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев