uyg'onmayaptilar?" Jajji
bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan
dadasining
yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida,
peshonasidan öpdi.
"Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha
kun uxlab,
yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5
yoshli bolakay
onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi.
Shifoxonaga
dadasi körishga olib borganida, oyisi uni quchib
rosa
yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin
shifoxonadan
javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida
bola oyim
tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-hayollari
özidek sof
murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib
yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga
yotarkan
bolakay osmonga qarab qölini chözdi: "Oyimni
tuzalishiga
yordam ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda
uyg'onib
ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda
sigaret chekib,
kim b-ndir telda gaplashardi. Bolakay dadasining
hamma
gaplariga ham tushunmadi-yu shu gaplar orasidan
operatsiya,
katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda
körgandi.
Operatsiyada doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u
tuzalib ketadi.
"Oyimni ham ukol qilishsa sog'ayib ketadilar"
öyladi bolakay.
Örniga qaytib yotarkan osmonga qarab yana qölini
chözdi:
"Oyimni tuzalishiga katta pul ber, Xudojon"
Bolakayning
onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib borardi.
U esa buni
bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini
öylardi:
operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar bolani
oyisining yoniga
kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-ketayotgan köplab
qarindoshlarni jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa
bolakayga
pul tutardi: Ushla ög'lim, borib muzqaymoq olib
ye... Bolakay
onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini
tushunmasdi. Nihoyat
uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi.
Közlari shishib
ketgan, oppoq choyshab yopingan köyi chözilib
yotgan oyisining
yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi
eshitildi,- aqlli
bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi
özimni
toychog'im... -Oyi, endi tuzalib ketasizmi? -
Hm...,-oyisi yig'lab
yubordi. -Menga yana ertak aytib berasizmi? -
Hm... -Sizni
yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday
sönggi
marta gaplashib turganligini qayerdan ham bilardi
u.
Bog'chadan kelganida uyidagi odamlarning
köpligidan hayron
qoldi. Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi.
"Ada oyim
uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib söradi u.
Dadasi
chökkalab ötirib ög'lining közlariga boqdi: "Oying
endi
uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini quchdi,- oying
bizni tashlab
ketdi. Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib
kovladi-yu bir
siqim buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada,
doktorlarga
ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa
böldi, men bitta
ham muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada,
oyimni tuzatib
berishsin...." Ög'ilning peshonasidan öparkan
dadasining köz
yoshlari uning yuziga tomchiladi... Onasini
kömishdi. Tun
chökkach örniga yotarkan bolakay osmonga qölini
chözdi:
Iltimos, oyimni menga qaytarib ber, Xudojon...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1