"Liverpul"ga qarshi o‘yinda yagona
golga mualliflik qilgan "Manchester
Yunayted" hujumchisi Xaver
Ernandesning aytishicha, bo‘ydor
futbolchilarni ortda qoldirishda unga
tezligi qo‘l keladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra "MYu" asta
sekin yaxshi sport formasiga chiqib
boryapti.
"Umuman olganda, gavdaning
kattaligi jarima maydonidagi to‘p
uchun kurashda eng muhimi emas.
Ba’zida keskin harakatlar raqib
himoya chizig‘ini dovdiratib,
sarosimaga solib qo‘yishi mumkin.
Menga ko‘p bora haqiqiy markaziy
hujumchi ekanligimni aytishadi. Ko‘p
ehtimolki, menga aynan tezkor
harakatlarim evaziga raqibni ortda
qoldirishga erishaman. Shuni
aytishim mumkinki, "MYu" asta-skinlik
bilan yaxshi formaga kirib boryapti",
dedi Chicharito.u
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев