©... 30 yoshlardagi
kishi 6 yoshli qizchasi bilan sayr
qilib yurardi. Ular gul dökoni
yaqiniga kelgach ota bugungi
bayram bilan tabriklash uchun
qizchasiga gul olib bermoqchi
böldi. Gullarni körib sevinib
ketgan qiz dadasidan mayin
ovozda iltimos qildi: "Dadajon,
oyimga ham gul olaylik, oyim
yaxshi köradigan qizil gullardan
olaylik". Dadasi qizchaning
sochlarini silab qöydi va u
aytgandek qizil gullardan xarid
qildi. Ular yana biroz aylangach
taksi töxtatishdi va uyga yöl
olishdi. Qizcha özida yöq xursand
edi. Ötgan yilgi bayramda bölgani
kabi bugungi bayramda ham
onasini astoydil tabriklamoqchi
edi. Qizcha dadasiga yuzlandi:
"Dadajon, oyimga özim yodlagan
she'rimni aytib bersam maylimi?"
Dadasi qizchaning sochlarini
silagancha jilmayib javob berdi:
"Mayli..." Manzilga yetib
kelishgach, ular uyga kirishdi.
Qizcha qölida qizil gullarni
tutgancha chopib oyisining
xonasiga kirdi va özi yod olgan
she'rni ayta boshladi: "8-mart
bugun, Onajonlar bayrami...."
Qizaloq she'rni mehr bilan
astoidil aytar, qöllaridagi gulni
mahkam ushlab olgandi. U
she'rni yakunlab bölgach,
birdaniga yig'lab yubordi. Dadasi
ortidan kelib qizchaning
sochlarini siladi, egilib
peshonasidan öpib qöydi. Qizcha
yosh tölgan közlarini pirpiratib
dadasiga qaradi: "Oyijonimni
judayam sog'indim..." Devordagi
qip-qizil gullar osilgan suratdan
esa 2 yil oldin halok bölgan onasi
qizchaga kulib qarab turardi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев