Bir kishi bir shayxning huzuriga kelib: ayolim menga ajoyib tuyulardi. Mening nazarimda Alloh dunyoda u kabini yaratmagandi.
Men unga sovchi qo'yganimda esa, ko'pchilik uningdek ko'rindi.
Uylanib bo'lganimda esa, ko'pchilik undan ko'ra chiroyliroq ko'rinardi.
Turmushimizga bir necha yillar o'tgandan keyin esa, ayolimdan boshqa hamma ayollar judayam go'zal ekanini ko'rdim!
-- Senga bundan ham yomonrog'ini aytaymi?!- dedi shayx.
-- Ha, ayting, - dedi.
-- Agar sen dunyodagi barcha ayollarganl uylansang ham, ko'cha-kuylarda kezib yurgan daydi itlar, sening ko'zinga o'sha dunyodagi barcha ayollarda ko'ra chiroyli ko'rinaveradi, - dedi, shayx.
Kishi yengilgina tabassum qilib:
-- Nega bunday deysiz? Shayx javob berdi:
-- Chunki ayb ayolingda emas, agar insonning qalbi ta'magir, ko'zi och, Allohdan hayo qilishdan xoli bo'lsa, uning ko'zlarini faqat qabrining tuproqlarigina to'ldira oladi. Zero Nabiy sollahu alayhi va sallam: Odam bolasining ko'zini faqat tuproq to'ldiradi.
Alloh tavba qilganlarni tavbasini qabul qiladi, dedilar. Ey birodar, ayib sen ko'zlaringni Alloh harom qilganlaridan to'smaganingdadir. Sen yana ayolingni oldingidek, dunyo ayollarini eng chiroylisidek ko'rishni xohlaysanmi?-dedi. Kishi: ha, albatta, dedi. Ko'zlaringni tiy, "Sen muminlarga ayt: ko'zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir". (Nur, 30-oyat)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев