uylarning birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlari qizil,
go'zal bir qiz yashardi. U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka
chalingan va öz ölimini kutardi. U
har kuni deraza oldida o'tirib, uyi
qarshisidagi bir daraxtga
termulardi. O'ziga-o'zi shu daraxt
barglarini to'kib bo'lganida, men
olamdan ko'z yumaman deb
ishonardi. Oradan vaqtlar ötib
kuz keldi va
daraxtning barglari asta- sekinlik
bilan to'kila boshladi. Qiz bölsa
kun sanab daraxtga tikilib
ötirardi. Ötayotgan har bir kun
göyoki oxirgisi böladigandek
tuyulardi unga. Barglarning
tezroq tökilib, bu azoblardan
tezroq xalos bölishni istardi.
Nihoyat qish kelib daraxtda qöl
b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi.
Qizning bölsa rangi sönib borar,
umidsiz yashashda davom etardi.
Nihoyat daraxtda bittagina barg
qoldi. Qiz shu kuni har
doimgidan ham ma'yus va sölg'in
edi. U tun chökkanida, ertangi
kun bu hayotni tark etaman deya
yostiqqa bosh qo'ydi. Shu kuni
tunda qattiq shamol bo'lib,
yomg'ir yog'di. Tong otib qiz
uyg'ondi va nafas olayotganligini,
hali tirik ekanligini öylab, nima
bo'lganiga tushunmasdan deraza
qarshisiga bordi. Daraxtdagi
sönggi yaproq xuddi kechagidek,
sovuq shamolda tebranib turardi.
Qiz
jimgina nigohini yaproqdan uzdi
va ertangi kunni kuta boshladi.
Ertasi kun yana tongda uyg'onib
deraza tomon shoshildi. Zafaron
barg hamon öz joyida mag'rur
turar, uning bu turishi qizni
hayron qoldirardi. Ertasiga,
ertadan keyin, va undan keyin
ham... Barg xuddi hech qachon
tökilmaydigandek edi. Qiz nima
bölayotganligiga tushunmas, lekin
uning ham osonlikcha jon bergisi
kelmas, hech bölmasa shu
bargchalik yasha u-n kurashgisi
kelardi. Unda hayotga ishonch
uyg'ongan va eng muhimi
yashashda davom etardi... Shu
tariqa bahor kelib daraxt
yangidan kurtak chiqara
boshladi. Shifokor qabulida
bölgan qiz tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha kuni
nihoyat najotkor yaproqqa qarab
tabassum qilib qöydi... Bu voqea
möjiza va bir vaqtning özida
möjiza emas edi. Möjizaligi
shundaki, bu hodisa tufayli
hayotdan umidi uzilgan bir qiz
hayotga qaytdi, möjiza emasligi
esa bu hodisaning asl sababchisi
bilan bog'liq edi. Qizning uyi
röparasidagi köp qavatli uyda bir
rassom yigit yashardi. Yigit
röparadagi uyda yashovchi
közlari moviy, sochi tim qora,
lekin sira kulmaydigan gözal qizni
yoqtirardi. U qizni har
kun soatlab kuzatar, uning
suratini chizishni istar va bu surat
asarlari ichida "shoh asar"
bölishini orzu qilardi. U qizni
kulib turgan chehrada suratda
tasvirlashni va bu orqali qizga
tabassum naqadar yarashishini
aytishni istardi. Bir kuni u qizning
og'ir hastaligini va röparadagi
daraxt
barglari tökilib bölgan kun joni
uzilishiga ishonishini bilib oldi. U
qizning ma'yusligidan siqilar,
uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib
daraxtda bitta yaproq qolganida
u qizda yashashga umid uyg'otish
yölini topdi. U haqiqiysidan farq
qilmaydigan darajada öxshash
barg rasmini chizib, sönggi tunda
unda daraxt shoxiga mohirona
örnatib qöydi. Shu kuni kuchli
yomg'ir yog'di. Tongda qizning
hayratini körib,
öz ishidan sevindi. Ertasiga,
ertadan keyin, undan keyin
ham... Yigit har kuni bargni
almashtirib turardi, sovuq kunda
ham, qor yog'ganda ham... U
qizning yashab ketishiga astoidil
harakat qilardi. Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta kulgu
kördi. U endi nihoyat özining
"shoh asari"ni chizishi mumkin
edi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 49