James Rodriguez bilan bog'liq transfer mish-mishlari to'xtab qolmayapti. Garchi futbolchi jamoada qolishga qaror qilgan bo'lsa-da, vaziyat keskinlashishda davom etayotgan ko'rinadi.
25 yoshli kolumbiyalik futbolchi Zidanening asosiy tarkib futbolchisi sananlmaydi, birinchi navbatda murabbiy Vazquez, Asensio va Iscolarga ishonch bildirmoqda.
Shu boisdan rahbariyat Jamesni transferga qo'yishga majbur bo'lmoqda va 10-raqamli klub a'zosi uchun 75 mln yevro so'ramoqda. Transfer oynasining so'nggi kunlarida JR jamoasini almashtirishi mumkin. "Blankoslar" esa 2 yil muqaddam huddi shunday summaga uni xarid qilgan edi. Rahbariyat Jamesning agentiga yangi jamoa qidirishi lozimligini ma'lum qilgan.
Нет комментариев