singlim , onam va otam birga
yashaymiz. Kichkina singlim
endigina 4 yoshga kirgandi. Men
va ukam unda maktabga
borardik. Men qishloqdan uyga kelyabman. Ko`chamizga kirdimu
eshigimiz oldida turgan bobomni
mashinasiga ko`zim tushdi. Lekin
nimagadir yuragim g`ash…
Uyga yaqinlashganimda
darvozadan dadam singlimni ko`tarib chiqdilar. Ortlaridan
bobom va oq libosda notanish
bir ayol. Oxirida onam chiqdilar.
Ko`zlari qizarib shishib ketgan.
Men nima bo`layotganiga
tushunmay qoldim va onamdan so`radim. Onam menga singlim
Feruzani tomog`i og`rib
qolganini va uyda ukamga qarab
o`tirishimni tayinlagandilar,
o`zlari esa ular bilan birga
shifoxonaga ketdilar. Yana 3 kundan keyin singlim Feruzani
tug`ilgan kuni edi. Meni jajji
singiljonim 4 yoshga to`lib 5
yoshga o`tardi…
Kech tushdi. Kasalxonadan
dadamning bir o`zlari qaytdilar. Onam va singlim shifoxonada
qolgan ekanlar. Dadam shifoxona
uchun zarur bo`lgan buyumlarni
oldilar. Men ham dadam bilan
birga shifoxonaga bordim.
Shifoxonada binosidan yuqori qavatga ko`tarildik. Shu payt
eshikni tepasiga “Reanimatsiya”
degan yozuvga ko`zim tushdi.
Bizni hamshira u yerga
kirgizmadi. Keyin kutish zaliga
o`tdik. Shu payt onam oldimizga chiqib keldilar va meni
bag`rilariga bosib yig`ladilar. Men
esa shiftga qarar edim chunki
ko`zim to`la yosh edi. Kechqurun
uyga dadam bilan qaytdik. Ertasi
kuni meni dadam olib ketmadilar. Indiniga kechqurun dadam bilan
shifoxonaga bordik. Mening
singlimni oldiga kiritishdi. Uni
hech qachon bunaqangi holatda
ko`rmagandim. Yuzlari oqarib
ketgan, ko`zlarini tagi ko`kargan holsiz holatda yotardi bechora
singlim. Uni ko`riboq ko`zlarimga
yosh keldi. Hmshira kirib ukol
qiladigan payt bo`lganini aytdi.
Singlim esa hamshiraga qarab
xolajon menga ukol qilmang , men endi aqlli qiz bo`laman ,
hech qachon kasal bo`lmayman ,
onamni aytganlarini qilaman
degancha tinmay yig`lardi.
Menga ukol qilmasangiz
qo`limdagi qo`g`irchog`imni sizga beraman. Hamshirani ham
jajji singiljonimni bu gaplaridan
keyin ko`zlaridan tinmay yosh
oqardi. So`ngra bechora singlim
onamga qarab, onajon ayting
menga ukol qilmasinlar, men yaxshi bo`lib qoldimku, iltimos
onajon…
Onamdan najot chiqmagach ,
navbat menga kelgandi. Aka
ayting menga ukol qilishmasin,
akajon. Men sizni hammadan yaxshi ko`raman. Meni qutqaring
akajon. Men ukoldan
qo`rqaman…
O`sha paytda men 12 yosh edim,
qo`limdan hech nima kelmasdi ,
bechora singlimga qanaqangi yordam berishni ham bilmasdim.
Xonadan otilib chiqib ketdim va
ovozimni boricha baqirib
yig`lardim…
Birozdan keyin onam chiqib meni
singlim chaqirayotganini aytdilar. Men uni yoniga jon
xolatda yugurib kirdim. Akajon
ertaga menga zvachka olib
kelasiz – a?
Iltimos , jon akajon… men esa
unga boshimni qimirlatib albatta olib kelishimni aytdim.
Ertasi kuni men va ukam
odatdagidek maktabga ketdik.
Yo`l yulakay magazindan
singlimga zvachka olib oldim.
Dars ham boshlandi. Meni ikki hayolim esa singlimda edi. Darsni
3chi soati ham tugay deb
qolgandi. Shu payt sinf eshigi
taqilladi va ukam boshini
kirgizib , aka yuring ketamiz
dadam chaqiryabdilar dedi. ( ukam o`sha paytda 9 yosh edi)
sinfdan chiqiboq ukamdan nima
gapligini so`radim. Aka singlimiz
Feruza o`libdi. Tanamdan sovuq
ter chiqib ketdi. Hovlimizga kirar
ekanman amakim menga to`n va do`ppi tutqizdilar. Xa endi
ishondim. Amakim bir qo`llari
bilan quchib meni uyga
boshladilar. Ayvonda bir qo`llari
boshda, o`zlari devorga
suyangancha dadam turardilar. Feruzani boshida esa onam
yig`lab o`tirardilar. Uzr buyog`ini
yoza olmiman, qo`limdan
kelmaydi. Onajon bugun sizga
qabristonga borishdan
qo`rqaman deb yolg`on gapirdim. Qabristondagi qabrlar
menga singlimni eslatadi. Men
undan keyin o`zimga kelishga
qiynalaman va qulog`imga
singlimni oxirgi bor aytgan
gaplari yangrayveradi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев