Предыдущая публикация
Ko'zlarim sog'inmas,
Yo'llarim tugamas,
Dardlarim hech bitmas,
Seni deb.
Do'stlarim yo'qlamas,
Hech kimsa tushunmas,
Bu menga osonmas,
G'ururim yotar, yerda olamay
nafas,
Seni deb.
Kulib turar yuzlaring,
Ayblaringni tan olmay,
Aldamoqda so'zlaring,
Ko'zlaringni ko'rmay,
Kulib turgan ko'zlaringni
ko'rmay.
Charchadim baridan,
Seni qilmishlaringdan,
Meni aldab o'zgalarga
sevilishingdan.
Ne bo'lsa bo'ldi,
Yuragim ko'ndi,
Mana vaqti keldi,
Seni unutdim.
Turardim bir o'zim,
Derazang tagida,
Kechir meni deya,
Necha bora,
Ayb senda bo'lsa ham.
Ket endi, seni sevmayman,
Senga ishonmayman,
Meni ovutma, yuragim
qiynama,
Sen men uchun yo'qsan bilgin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев