Axir qaysi burjga mansub
ekanligingizga qarab yulduzlar
ham sizga nazar tashlashadi-da.
Xo‘sh, Qaysi burjdagilar boy
bo‘lish fazilatiga ega ekan?
Qo‘y. Badavlat bo‘lishingiz
mumkin, lekin hammadan o‘zib
ketishga, kamida boshqalardan
ortda qolmaslikka intilish tufayli
pul qo‘lingizda ko‘p saqlanmaydi.
Pulni saqlab qolib, ko‘paytirish –
bu sizga to‘g‘ri kelmaydi, pul
topgandan keyin sarflash kerak-
da, qabilida yashash - mana bu
sizga xos.
Buzoq. Hech qachon
istaganingcha pul topolmaysan,
mana bu sizning shioringiz.
Mashina, dala hovli, dang‘illama
uy - hammasiga ega bo‘lsangiz
ham, nimadir
yetishmayotgandek
tuyuladi. Axir pulning ko‘pi
bo‘ladimi?! Ishga mukkasidan
ketib, uncha-muncha pul
topishingiz mumkin, lekin
daromad kam-kamdan keladi.
Biroq toma-toma ko‘l bo‘lur!
Egizaklar. Pul topish borasida
boshingizda minglab usullar
tayyor. Dalollik qilish, avto,
gazeta-jurnal sotish sizga to‘g‘ri
keladi. Pulni havoga sovurish siz
xos, shu bilan birga havodan pul
qilish ham qo‘lingizdan keladi.
Ertalabdan kechgacha
ishlagandan ko‘ra, kam vaqt
sarflab, tez-tez pul topish sizning
jonu dilingiz.
Qisqichbaqa. Sizga kelajak uchun
pul jamlab qo‘yish, biron yumush
uchun gilam ostiga pul tashlab
qo‘yish oddiy xol. Pul siz uchun
moliyaviy barqarorlik, tayanch
demakdir. Oilaviy pudrat sizga
eng maqbul usul ko‘rinadi: non
yopish, enaga bo‘lish ham
yomonmas. Eng muhimi, pulni
uyga tashish – kamida qoplab.
Arslon. O‘yin, lotereya,
bayramona
tomoshalarga pul sarflash
yoqadi. Reklama, taqdimot,
oilaga
– bola-chaqaga pul ko‘plab
sarflanadi. Zebu zarga, zargarlik
buyumlariga sarmoyangizni
ayamaysiz. Bunday ketaverishda
pul hech narsaga
yetmaydigandek tuyuladi. Lekin
saxiy qo‘lga pul ham tez
yopishaveradi.
Parizod. Juda xasis va mayda-
chuydaga ahamiyat beradigan
odam. Agar ishchilarga kam pul
to‘lasam, ular qancha chidaydi,
qabilida ish yuritish xosdir.
Bilimga, kitoblarga, yangi
narsalarni o‘rganishga pul
ayamaysiz. Pul topish uchun
ishlash kerak, mana sizning
shioringiz.
Tarozi. Sherikchiliksiz pul topish
mushkul. Bir o‘zingiz topgan
pulingizdan ko‘proq sarflab
yuborasiz. Deyarli hamma narsa
uchun haq to‘lash zarur. Shunig
uchun homiy sherik topganingiz
ma’qul. Pulli bo‘lgandan ko‘ra
nufuzli bo‘lgan afzalroqdir. Shu
qabilida ish yuritasiz, zero, nufuz
ham mablag‘ keltirishi mumkin.
Chayon. Asosiy sarmoyangiz
kreditda. O‘zgalarning pulini hech
kim siz kabi oson sarflamaydi.
Sug‘urta badallari, korporativ
fondlar sizga to‘g‘ri keladi. Boy
meros olishingiz ham hech
gapmas. Tavakkalchilikka qo‘l
ursangiz ham o‘ylab ish ko‘ring.
Shunda pulingiz ham bo‘ladi,
qarzingizdan ham qutulasiz.
O‘qotar. Maydalashib o‘tirmaydi.
Ko‘p pul sarflash jonu dili. Ular
hatto og‘ir kunlar (karmondagi
pul nuqtai nazaridan) qanday
bo‘lishini bilishmaydi ham. O‘z
boshiga tushguniga qadar.
Turizm, eksport-import, xalqaro
huquq kabi sohalar yaxshi
o‘zlashtiriladi. Mana shundan pul
daryo kabi oqib keladi.
Tog‘ echkisi. Nima uchun aynan
men – bu savol sizni qiynab
keladi. Barcha qiyinchiliklar, pul
yetishmasligi faqat sizning
peshonangizga yozilganidek.
Hashamatni yoqtirmasligingiz
uchun shundaydir balki. Axir pul
ham uni yoqtirganlarga keladi.
O‘zingizni cheklab yashagandan
ko‘ra maza qilib hayot gashtini
sursangiz-chi!
Qovg‘a. Do‘stlaringiz orqali
boylikka erishishingiz mumkin.
Kutilmagan ixtirolar, hayolga
sig‘mas g‘oyalar orqali mablag‘
topishingiz mumkin. O‘ziga xos
boylik orttirish yo‘llari ham o‘z
nafini beradi. Umuman olganda
jadal texnologiyalar sizning
daromad manbaingiz
hisoblanadi.
Baliq. Hayolot olamida yashash
zararli emas, albatta, lekin bu
bilan daraxt ko‘karmaydi. Pulini
gadoy va tilanchilarga tarqatish
uchun avval uni yaxshigina
taxlab
qo‘yish lozim. Neft yoki tabiiy
gaz
bilan ishlash yaxshigina daromad
keltirishi mumkin. Katta sarmoya
katta hayriyaga imkon beradi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев