(Qahramonimiz tilidan)
Onamning bir ko'zi bor edi.Men uning bunday ko'rinishidan or qilardim.Uning bu holati men uchun uyatli edi - ki tasavvur qilolmaydi kishi.U o'qituvchilar va talabalarga tushlik uchun ovqat tayyorlab, oilamizni boqar edi.Otam bizni tashlab ketgan.Men uni hattoki ko'rmaganman ham. Birinchi sinfni bitirganimda, onam meni tabriklash uchun maktabga keldi. Eh, qanday uyatli holatda qolganimdan o'zimni qo'yarga joy topa olmasdim. Yuzim g'azabdan qizarib yonar, ko'zlarim o'tli nigoh bilan huddi uni ko'rmaganga olar edi.Hayolimdan har hil o'ylar o'ta boshladi, o'zimga - o'zim noliy ketdim...Qanday qilib onam shu holatida bu yerga keldiya? Nahotki, meni shunchalar sharmanda bo'lishimni xohlasaya?..degancha yugurib ketib qoldim.Ertasi kuni singdoshlarim ustimdan kulib : " Hammani ko'zi ikkita bo'lsa, sening onangniki bitta ekanmi? " - deya haqoratli gaplarni ayta boshlashdi.O'zimni shu payt to'g'risi o'ldirgim keldi.Uzoqlarga qochib ketgim kelardi.Hatto shu kuni uyga kelib onamga baqira ketdim : " Nega uyda tinchgina o'tirmasdan maktabga bordingiz? Ustimdan qancha odam kulganini bilasizmi? Shumi edi maqsadingiz? Meni bunaqa qilib ustimdan kulgandan ko'ra, yo'q bo'lganingiz yaxshi edi ". Eh,nimalar deb qo'yganimni o'zim ham bilmayman.Onam ko'zlarida yosh bilan javob ham bermadi.Men o'zimda emasdim.Tilim nimalar deyayotganini bilmay, nimalar deganimni tushuna olmasdim.Qalbim o'zimga bo'ysunmadi.Unga bu gaplarni aytib, juda uyatda qoldim.Tezda uydan chiqib ketdim.
Kunlar o'ta boshladi.Buyog'iga bor kuchimni faqat o'qishga qaratdim.Hatto chet elga borib o'qish imkoniyatini ham qo'lga kiritdim.Orada uylandim ham.O'zimga alohida bir shinamgina uy sotib oldim.O'z hayotim, oilam bilan baxtli edim.
Bir kuni onam meni ko'rish uchun uyimga keldi. Biz ancha yillardan beri ko'rishmaganimiz bois, u hatto nabirasini tanimasdi ham.U eshigim oldida turarkan, o'g'lim uning ustidan kuldi.Men esa baqirib, uni uyga kirgazdimda, onamga ham baqira ketdim : " Meni uyimga kelib, o'g'limni qo'rqitishga qanday jur'at qildingiz? Tezda bu yerdan keting! ", deganimda, onam : " Uzr bolam, adashib boshqa manzilga kelib qolibman ", dedida ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Bir kuni uyimga eski mahallamdan xat keldi.Xotinimga tijorat safariga ketyapman, degan baxona bilan uydan chiqib ketdim.Xatda yozilishicha, yoshlikda yashagan uyimiz mening nomimga o'tishi kerak ekan.Notariusdan chiqdimda, eski uyimiz tomon yo'l oldim.Borganimda qo'shinlarim onam vafot etganini aytishdi va qo'limga onam qoldirgan xatni tutqazishdi.Xatni ochib o'qiy boshladim :
" Bolajonim! Men doim sen haqingda qayg'urganman.O'sha kuni uyingga ogohlantirmay borganim uchun, bolalaringni qo'rqitib yuborganim uchun meni kechir.Mendan rozi bo'lgin, o'g'lim. Meni bunday ko'rinishim, seni yoshligingdan barchani oldida uyatli qilib ko'rsatgan mushtipar onangdan rozi bo'l.Sen tug'ilganingda juda ham hursand bo'lib, hech qanday kam - ko'stsiz voyaga yetkazishga harakat qildim. Seni yeru ko'kka ishonmasdim.Afsuski 3 yoshingda sen bilan falokat sodir bo'lib, bir ko'zingdan ayrilding.Onalik mehrim seni bu holatingga chiday olmay, senga o'z ko'zimni berishga qaror qildim.Men esa, mening o'rnimga, mening ko'zlarim bilan butun dunyoni ko'rayotganingdan boshim osmonda edi. Seni qattiq yaxshi ko'rib qoluvchi ONANG! "
Onalar o'z farzandlari uchun hamma narsaga tayyorlar, ammo, afsuski farzandlar buni juda kech yoki o'zlarining boshlariga tushmaguncha tushunib yetmaydilar!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев