Предыдущая публикация
Oqshom. Shafaq. Namlangan kiprik... Yomg`ir yog`ib o`tgan ehtimol... Ilinjlarning boshlari egik, Mahkum qadar kishanli hayol. Gunoh bir so`z: «Seni sevaman...» Makkor taqdir to`fonlaridan Mavjlanadi nigohim sahni. Izladimmi armon bag`ridan Peshonamga bitilgan baxtni?! Qarodir yuz... Seni sevaman... Sog`inch o`ti - Haqning ajri-da, Men qo`rqmayman, firoq - o`tkinchi. Zanjirlangan ko`nglim bag`rida Avaylagan tanho o`kinchi -Olovli muz: «Seni sevaman...» Kechir, senga keldim bemahal, Kechir... Senga yetmadi qo`lim... Borar yo`lim allaqachon hal – Visolingdan yaqinroq o`lim... Va so`nggi so`z: «Seni sevaman...»
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев