Bu ismni eshitgan har bir inson cheksiz mehr va muhabbatni his etardi. Hamma ota - onalar farzandlariga ularni ibrat qilib ko'rsatardi. Shaxlo Boburni juda yaxshi ko'rardi. Bobur ham o'rtoqlari yoniga ketyotganda Shaxloni ham olib ketardi. Opa - uka xuddi o'rtoqlardek o'ynab yurishardi. Bordiyu ko'chada bolalar o'rtasida janjal bo'lsa, katta tayoq olib, Shaxlo ham urushardi. Bolalarni ayamasdan kaltaklardi bolalarni. Xullas, qaxramonlarimiz doim birga edilar. Yillar o'tib Shaxlo maktabga bordi. Ba'zan Bobur ham unga ergashib olardi. Oradan bir yil o'tib, Bobur ham maktabga chiqdi. Ular birgalikda borib kelishardi. Maktabda kimdur Boburni xafa qilsa, Shaxlo jon - jaxdi bilan uni kaltaklardi. Uni ko'rganlar aslo qiz bola deb o'ylashmasdi. Shaxloda qiz bolaga xos qo'rquv va hadik yo'q edi. Hamma ularga havas ila boqardi. Bordi-yu, Bobur xato ish qilib qo'yib, ota - onasi uni jazolasa Shaxlo qat'iy turib: "Meni ham birga jazolang" derdi. Ba'zan tonggacha ikkisini tik turg'azib qo'yardi. Hatto bir kuni ikkalasi kechroq uyga qaytishganida tonggacha daraxtda uxlagandi. Bir - birlarisiz turisholmasdi. Mehrla cheksiz edi opa - ukalarni. Ammo ular voyaga yetgach yo'llari ikkiga ajraldi. Boshqa - boshqa o'quv yurtlarida tahsil olishardi. Bobur alohida uyda tura boshladi. Haftasiga bir bor uyiga kelardi. Shaxlo uni sog'inardi. Boburni esa parvoyi palak, xayoli go'zal qizlarda. U yoshlikdan birga o'sgan opasini har xil laqablar bilan kamsitardi. Eng alamlisi "Na muncha erkakka o'xshesan? Sal qiz bolaga o'xshab kiyinsangchi. Na ko'zenda, va na yuzenda qiz bolaga xos ibo yo'q. Bezrayib turadi, gaplariku kaltakday. Sani kimdur sevib qolishga ham qo'rqadi" degan gapi hammasidan o'tib tushardi. Uyda doim Shaxloni aytgani bo'lardi. Bu esa Boburga yoqmasdi.Shaxloning doim haqligi, hamma narsaga, hatto olimgada tik boqishi, qiz bolaligin unutib, shaxd ila yurishlari bazan qoyil qoldirsa, ba'zan gashini keltirardi. Bazan qattiq tortishib qolishardi. Ming qilsa ham Shaxlo qiz bolada, ukasi ovozini kotarsa yiglab yuborardi. Shu tarzda kunlar egizakday otardi. Kunlardan bir kun ularning janjali jiddiy tus oldi. Shaxlo oz xonasida kitob oqib otirardi. Bobur shaxd bilan kirib keldi va baqira boshladi: -Sani shu kitoblaring ham jonga tegdi. Undan kora chiqib, oyimga qarash. -Uka, ozeni bosvol. Ovozeni kotarma manga. Oyimmi ozi etdi, darseni qil deb. -oxista tushuntirdi u. -Ovozimni kotarsam, nima qilolesan-a? -yelkasiga turtdi Shaxloni. -San mani turtma uka, tori san zorsan, kuchimiz yetmedi. San "vapshe" mani vajohaten bilan qorqitomesan, tushundemi? Bor, chiqib ket. -Ov, ochir ovozeni, oldimga tush! -Xo, hali biz "ov" bolib qoldikmi? Uka, bilasan manga hech kim baqirib etganini otkazomedi. Bor, kayfiyatimni buzma, saniki yomon bolsa, mani aybim emas. -Man juda yaxshi kayfiyat bilan uygongandim. San deb buzildi. Nima, san avliyomisan hech kimni etganini qimedigon a? Chiq dedim. -Hm, balki avliyodurman. Sanga nima? Endi olsam oligim chiqadi bu xonadan. Oz oyogim bilan hech qachon chiqmayman. -Nima, sanmi bitta oqiydigon? -Ey, tupirdim hammasiga xopmi? Oqishiga ham, hayotiga ham. -u shunday deya kitoblarni uloqtirdi. -Man allaqachon lanat etganman. Mani qorqitomesan. Xolasen oldirvor, chiqmeman. Shu vaqt yuziga kelib tushgan tarsakidan uyning narigi burchagiga otilib ketdi. Shunda ham jim turmadi. Ornidan turib, yana ukasini yoniga keldi. -San manga qol kotardemi? Mani urdemi? Manga hech kim zoravonligini okazomedi. Ilib qoyibman sani. -Ochir, hozi yerga toshab tasheman. Keyin ozendan oplala. -Ur, bu yuzimga ham ur. Man bitta ollohdan qorqaman. Sandan qorqedigon joyim yoq. Qiz bolaga kuchi yetgan zoravon. Shu vaqt ong yuziga kelib tushgan tarsakining zarbidan devorga borib urildi. Boshi gurs etib devorga tegdi. Quloqlari shangillardi.Shaxlo gir aylanayotgan boshini kaftlari bilan changalladi. Turishga chog'landi. Ammo harchand urinmasin turgan zahoti yiqilardi. Onasi va singlisi yoniga yugurib keldi. Ammo ularni itarib yubordi. Bor kuchini jamlab, vahimadan titrayotgan ukasini yoniga bordi. Ko'z yoshlarini to'xtatolmasdi. Yig'i va iztirob gapirishga yo'l bermasdi. Shunday bo'lsada yuraklarni titratar darajalik so'zlar ila ukasiga yuzlandi.
Hammadan ortiq ko'rganim, Boburim deya ko'klarga ko'targanim, yolg'iz ishonganim, suyanganim... Sen shunaqa qildingmi ukajon? Sani qo'lingga igna kirsa, ming bor azob chekardim. Adajonim jazolasa, dosh berolmay yoningni olardim. O'lib qolsam ham seni hatto chertolmasdim. Sen esa... (yuzini silagancha yanada daxshatli alam bilan hungrab yig'ladi). Sen esa meni urding Boburjon. Meni adajonim ham urmagan-ku. "Qiz bolani yuziga ursa baxtsiz bo'ladi" derdi-ku adam. Nahot bir chimdim baxtni opangga ravo ko'rmadingmi? Nima qilib qo'yganingni his etolayapsanmi? Opangni o'ldirding. Yaxshi gapni tushunmasmidim? Axir it emasmanku. Qo'l ko'tarib nimaga erishding? Opang yo'q endi ukajon, yo'qotding uni. Yig'i batamom Shaxloni zabt etgandi. Ortiq gapirolmadi. Bunga chidolmasdan onasi va singlisi bir birini bag'riga bosib yig'lardi. Bobur ham dosh berolmay dalaga otildi.
Shaxlo esa kitob - daftarini, kiyimlarini so'mkaga joyladiyu, ketishga chog'landi. Ketar chog'i ukasiga maktub qoldirdi.
"Men bolaligimdan seni harakteringga ko'nikishga harakat qildim. Seni zerikmasin deb yigitlarcha o'ynadim. Natijada o'zim asli qiz bola ekanligim ham yodimdan chiqdi. Bu esa seni g'ashingni keltiribdi. Esingdami, senga eng yashirin sirlarimni ham aytardim. Sen esa ustimdan kularding. Laqab bilan chaqirishingga ham ko'nikdim. Ammo... Ammo tarsaking menga og'irlik qildi. Yuragim ko'tarolmadi buni...
Tantiq, erka opangni endi unut. Sen nima qilib qo'yding, bilasanmi? Senga bo'lgan quyoshdek iliq mehrimni shisha yanglig' chil - chil sindirding. U xonamda sochilib yotibdi. Uni topib, butlay olasanmi mehrimni qumsasang. Bunga urinib ko'r ukajon. Men Ollohdan qayta uchrashmasligimizni so'rayman. Ko'rgani ko'zim yo'q seni ukajon. Sendek zo'ravon ukam yo'q meni. Ammo seni Ollohim panohida asrasin. Buni doim duolarimda so'rayman. Oyimni, Jafarni, Niluni ehtiyot qil. Men ularni yaxshi ko'raman". Shaxlo maktubni bitgach, stol ustida qoldirdi-yu, xonani tark etdi. Nafaqat xonani, balki uyni ham. U olis bolaligini, ukasi bilan o'tgan damlarni. Boburni shodon kulgularini, hazil - huzullarini, barcha barcha xotiralarni xayolida jonlantirdi. Faqat mashinaning kuchli ovozdagi tormozi va o'zining bir muddat samoda uchib, mashina ustiga gursillab tushganigina buzdi shirin xotiralarni.
Shaxlo mashina ustida ko'zlarini ochib, bir nuqtaga termulib turardi. Kipriklarida ko'z yoshlari qotib qolgan. Boshidan oqayotgan qip qizil qon oppoq mashinada yaqqol sezilib, uni qizillikka belardi. So'ng nimadur demoqchi bo'ldi-yu, bo'g'ziga nafasi tiqilib, yuragi tinchib qoldi. Yo'lni narigi tarafida so'mkasidan sochilgan kiyigm kechaklar, kitoblar yotardi. Mashinaning oyog'i ostida esa, shishalari singan Boburning bolalikdagi surati yotardi.
Shaxlo diydorni qiyomatga qoldirdi. Endi u ukasini qiyomatda ko'radi xolos.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев