Qabrim uzra boshingni egib, Gulim deya to'ksang tomchi yosh. Keyin esa tiz cho'kib sekin, Esla baxtli o'tgan kunlarni. Va bag'rimga qo'ygin oxista, Qo'lingdagi qizil gullarni. Bilsang edi qachondan beri, Yo'llaringda sarson ko'zlarim. Jaranglagan har bir sadodan, Seni ovozingni izlardim. Ox qanchalar bahtliman bugun, Taskin topdi qalbdagi ozor. Chunki hozir sen yonimdasan, Qolgan barcha barchasi bekor. Iltimosim ketmagin bir zum, Yana bir oz qolgin yonimda. Uzatsamda yetmas qo'llarim, Sevar edim seni jonimdan. Men hozir ham derman bir seni, Faqat tanam tuproqlarga yor. Afsus, Jonim bila olmaysan, Nigohingga bo'lganimni zor Taqdir bizni uchrashtirmadi, Hijron esa azobga soldi. Bir ko'rmoqlik etmadi nasib, Sen kelguncha jonimni oldi Bo'ldi Jonim, boshingni ko'tar, Er kishiga yig'lamoq nechun. Sen bahtiyor yashashing kerak, Men tinchgina uxlashim uchun...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев