So'fimen deb lof urib, tolibi jonon bo'lmading.
Hayf umring o'tti bir lahza giryon bo'lmading,
So'finaqsh bo'lding vale hargiz musulmon bo'lmading.
So'filig' shundog'midur doim ishing g'aflat bilan,
Donai tasbeh qo'lingda tillaring g'iybat bilan,
SAllai chilpich o'rar sen hafi izzati bila.
So'finaqsh bolding vale hargiz musulmon bo'lmading.
So'fi bo'lsahg sof bo'lg'il jurmi isyon bo'lmasun,
Toatu taqvo qilib ko'ngling parishon bo'lmasun,
Jonu dilda yig'lag'il maxsharda yolg'on bo'lmasun,
So'finaqsh bo'ldung vale hargiz musulmon bo'lmading.
So'fimen deb lof urarsen so'z, afg'oning qani,
Ashk surxu ro'yi zardu chashm xunboring qani,
Murshidi komil, mukammal roh mardoning qani,
So'finaqsh bo'lding vale hargiz musulmon bo'lmading.
So'fiyo, beg'am yurarsen donai tasbeh olib,
Dunyog'a mag'rur bo'lub, din ishini orqa solib,
Qo'rqqil emdi, qo'rqqil emdi, Xudog'a yolborib,
So'finaqsh bo'lding vale hargiz musulmon bo'lmading.
So'fiyo, qilding muhabbat davosini devona bo'l,
Molu mulku xonumondin kechgilu begona bo'l,
Kim Xudo deb so'zlasa, ming o'rgulib parvona bo'l,
So'finaqsh bo'lding vali hargiz musulmon bo'lmading.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев