Millionlab muxlisni qalbdan jo'shtirgan.
Yutsa ham yutqizsa dildan o'ynagan,
Dunyoda baribir REAL eng zo'ri!!!
O'yinin ko'rganlar shaydolar bo'lgan,
Shohona paslarga mahliyo bo'lgan.
Takror ko'rmoqlikni yana hohlagan,
Do'stlarim dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Maydonda hukmron qirollarga xos,
Tanlagan yo'li bor o'zlariga mos.
Hech qachon chekinmas, faqat olg'a bos!
Dunyoda baribir REAL eng zo'ri!!!
O'yinin ko'rganda rohat olasiz,
Qanday vaqt o'tganin bilmay qolasiz.
Qachon o'ynarkin deb kutib yurasiz,
Baribir dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Yana kimlarda bor shundayin uslub,
“Ba'zi”larga o'xshab yotmaydi pusib.
Mana-man deganin tashlaydi “buzib”
Baribir dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Qizil furiyani chempion, qilgan ham shular,
Yevroyu-Mundial yutgan ham shular.
Sanoqsiz rekordlar qo'ygan ham shular,
Baribir dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Esingizda bo'lsa Yevro- Mundial,
Dunyoda yagona o'sha karnaval.
To'qqizta o'g'loni o'ynadi halol,
Baribir dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Modirich, Kroos Isko paslar qiroli,
Shonli jamoaning oltin yuragi.
Hali ko'pdir ularning bizga keragi,
Dunyoda baribir REAL eng zo'ri!!!
Yana bittasi bor gol mashinasi,
Muxlislar suyugi erka C.Ronnysi.
Sanasang bitmaydi boy karerasi,
Dunyoda baribir REAL eng zo'ri!!!
Ronaldodir futbolning bugungi nomi,
Pikening hasaddan chiqmoqda joni.
Axir udir futbolning yangi qiroli,
Baribir dunyoda C.Ronaldo eng zo'ri!!!
Kerak bolsa minglab gol urar yana ne kerak?
Messi ortidan yetolmay halak.
Ronaldoni ichida qarg'asa kerak?
Dunyoda baribir Ronaldo eng zo'ri!!
Ronaldodek bo'lolmas boshqasi tayin,
Ketma-ket gol urar tengsizku bu.
“Ba'zi” lar hasaddan kuymog'i tayin,
Dunyoda baribir RONALDO eng zo'ri!!!
Kimgadir Milan zo'r, kimga MYUsi,
Bizlarga kerakmas undan boshqasi.
Kimgadir Barsadan yo'qdir o'zgasi,
Men uchun dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Yutish va yutqazish futbol taqdiri,
Abadiy yengolmas hech qaysi biri.
Yutqazib qo'ysa ham yuztadan birni,
Dunyoda baribir REAL eng zo'ri!!!
Ular iftixoridir BERNABEO ning,
Dovrug'in tanitti Ispanlarining.
O'yini o'yinmas qolganlarining,
Dunyoda baribir REAL eng zo'ri!!!
Tan berish ham asli mardlarning ishi,
Tan oling do'stim bu falak gardishi.
Boshqasining hali o'tmaydi tishi,
Baribir dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Ollohga shukurlar har kalomimda,
Yashayapmiz axir oltin zamonda.
Har kuni bayramdir biz tomonlarda,
Axir dunyodaku REAL eng zo'ri!!!
Mayliga yutsinu yutqazsin mayli,
La liga, kubokni tutmasin mayli.
Hatto ChL dan ketsa ham mayli,
Baribir dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Quvoning muxlislar cheksiz kuchimiz,
Hohlagan raqibni ezib yanchamiz.
Hasad qilganlarga biz achinamiz,
Biz uchun dunyoda REAL eng zo'ri!!!
Kim ne desa desin parvoyim palak,
Dilimda o'qiyman duoyim falak.
Bizni qo'lla o'zing qodir, egam haq!
Men uchun dunyoda REAL eng zo'ri!!!
www.asalcha.ru Marhamat Tawrif Buyuring Va Yangi Duslar Ortiring Uz Juftizni Xam Topiwiz Mumkun Mansabla Xam Oliwiz Mumkun Qani Wowiling Xoziroq Royxatdan Uting.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев