Közlar visol orzusida charaqlab...
- Bolam, choying sovub qoldi, - der onang,
Öltirasan uyda kitob varaqlab.
Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib ötmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor
Seni visol bog'larida kutmagan.
Kechalaring osudadir, bir odam -
Yodi bilan band bölmagan öylaring...
"Muhabbat"ni öqib bir kun meni ham -
Sevarmikan kimdir, deya öylading.
G'oyibona yöllaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan,
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.
Sen ham uni, u ham seni körmagan,
Qaerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog'lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda.....
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orziqib yor oldiga chopadi...
Qaerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев