Ammo sevgi qaytadan do’stlikga aylana olmaydi. Huddiki olov qaytadan o’tin bo’lolmaganidek. Siz menga do’st bo’lib qolishni taklif qildingiz. Bu so’zingizdan ko’ra ovozingizdagi titroq tovush menga qattiqroq eshitildi. Undan ko’ra siz mendan o’lishni so’raganingizda osongina o’lardim. Ammo men o’lishni ham eplolmadim. Lekin yillar davomida men sizga shunchalar bog’landimki, tirnog’imdan tortib sochlarimning tolalarigacha sizning ixtiyoringizdan tashqari harakatlana olmaydigan bo’lib qolganman. Meni hamma ishimda sizdan yuragimga yodgorlik bo’lib qolgan ruxsoringiz boshqarib turadi. Hayotning har qanday sinovlari oldida yuragimga quloq tutaman. Ishonamanki u yerdagi malikam meni aldamaydi, va men bu sinovlarni yengib chiqaman
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев