Sog'inchlarda õtar tunim
Sensizlikda chiqmas unim
Sog'inganim bilarmisan
Dushman ekan asli gumon
Qilar ekan ranging somon
Mayli bõlsang bõldi omon
Sog'inganim bilarmisan
Xoling qanday ber xabar
Kutaman shomu saxar
Sensiz choyim xam zaxar
Sog'inganim bilarmisan
Kõzing õzga boqmasin
Gumon marjon toqmasin
Kutaman qancha bõlsa
Õzga senga yoqmasin
Ey gõzal qiz dardingni
Olay bõlsa gardingni
Rossa sezdim qadringni
Sog'inganim bilarmisan
Qalbimni õrtar firoq
Sevgimdan kechmam biroq
Qilib turgin qõng'iroq
Sog'inganim bilarmisan
Og'rinmagin og'rima
Ortga qaytma bas dema
Yuragim battar yema
Sog'inganim bilarmisan
Mayli bõlsin joning sog'
Kõksing tursin baland tog'
Isonchga tushirma dog'
Sog'inganim bilarmisan
She'r mu'allifi
Qobiljon Soliyev


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев