Yuragim sog’inchdan bormoqda yonib.
Men seni sog’indim, senga o’rganib,
Xatto o’zimdan ham ketyapman tonib.
Men seni sog’indim, bulutlar qoplab,
Quyoshni sog’inib yig’lagan  osmondek.
Men seni sog’indim, seni ardoqlab,
Aqlini yo’qotgan bir nodondek.
Men seni sog’indim, bu sog’inch  ishon,
Har qanday yurakni larzaga solar.
Men seni sog’indim, ko’rmasam bir on,
Yuragim to’la dard armonim qolar.
Men seni sog’indim, Misli parvona,
O’zini shamdagi ziyoga urgan.
Men seni sog’indim, ishqingda yona,
Hajringda telbavor oshiqdek yurgan.
Men seni sog’indim, hayronman  o’zim,
Nega seni bunchalar tezda sog’indim.
Yo’linga intizor termular ko’zim,
Meni seni sog’indim, juda sog’indim


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев