Предыдущая публикация
Mayli yuragimni vayron qilsalar,
Sevishimni balki ermak bilsalar,
Barchasiga ko'ngan bo'lardim, agar,
Sizni mendan ortiq sevsalar.
Sog'inchli hayolga cho'mayin, mayli,
O'ngimni tushumga berayin, mayli,
Ko'nglimni armonga ko'mayin, mayli,
Sizni mendar ortiq sevsalar.
Mayli nigohingiz dilimga armon,
Meni qiynayvering yuborib hijron,
Suratingiz qalbda yashar jovidon,
Sizni mendan ortiq sevsalar.
Hamon yodimda o'sha ilk bo'sa,
Roziman dilimni tig' kabi tilsa,
Darbadar ketarman ag'yorlar bilsa,
Sizni mendan ortiq sevsalar.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2