Har qachon yuragim so’roqqa tutsa,
Dunyoda u faqat sizni biladi.
Bir ko’rgancha bo’lmas ming bor eshitsam,
Sevganim, men seni ko’rgim keladi.
So’zing tinglashni baxt deb qo’ymagan,
Yurakka ko’zlarim havas qiladi.
Ko’zlarim shuncha payt boqib to’ymagan,
O’shal ko’zlaring ko’rgim keladi.
Xayriyat, qilchadek sovuq tolalar,
Otash so’zlarimni elta oladi.
Lek bir bor so’z qotib dilga o’t solar,
O’shal dudoqlarni ko’rgim keladi.
Tushlarim hech sendan ketolmas nari,
Nahot ishqda faqat hijron bo’ladi.
Sevgi shirin azob bergani sari,
Yanada kuchliroq sevgim keladi.
Seni hayotimda borim deganman,
Buni faqat men va Olloh biladi.
Har bir nafasimni olar ekanman,
Sevganim, seni bir ko’rgim keladi…
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев