__Mehrli ko'zlariga bir to'yib qarang,
__Dunyo ishlarini bir chetga surib
__Onasi hayotlar - onangiz asrang!
__Hayotdan ketganda qadri bilinar,
__Tomoqqa hattoki suv ham tiqilar,
__Pushaymon bo'larsiz,bag'ir tilinar
__Onasi hayotlar - onangiz asrang!
__Qalbini g'am-alam qamrab olmasin,
__Yo'lingizni kutib ko'zi tolmasin,
__Keksaygan ko'nglida armon qolmasin
__Onasi hayotlar - onangiz asrang!
__Onasi xolidan xabarsiz kishi
__Mazmunsizdir umri,bahor-u qishi,
__Xech qachon tugamas bu dunyo ishi
__Onasi hayotlar -onangiz asrang!
__Onalar poyida bo'lsa gar jannat,
__Ne uchun onaga qilmaymiz xizmat,
__Onadan ayrilmoq eng og'ir qismat
__Onasi hayotlar -onangiz asrang!
__Biz uchun xikmatdir xar aytgan so'zi,
__Dunyoda onaday zot bormi o'zi,
__Faqat quvonchdan yoshlansin ko'zi
__Onasi hayotlar - onangiz asrang..!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев