Предыдущая публикация
Bayyina - hujjat.
Hujjatdan murod bu yerda, Muhammad (a. s.) dirlar. Suraning nomini "Lam Yakun" deb ham yuritiladi. Unda
kofir va mushriklar, to Muhammad (a. s.) payg’ambar bo'lib kelgunlaricha, o'zlarining kufroniy aqidalaridan
ajramaganlari, keyin esa ba'zilari kufrdan xalos topib, Islomga kirgani va ba'zilari kufrda qolgani, ibodatda ixlos
zarurligi, oxiratda mo'minlarga va kofirlarga qilinadigan muomalalar to'g’risida ma'lumot beriladi.
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
1. Ahli kitoblar va mushriklardan iborat kofir kimsalar, to ularga Hujjat kelgunicha, (kufrdan)
ajraluvchi bo'lmadilar.
2. ( U Hujjat) Alloh (tomoni)dan (yuborilgan) payg’ambar (Muhammad, ularga) pokiza sahifalarni
(Qur'onni) tilovat qilur.
3. U (sahifa)larda qimmatli yozuvlar (ahkomlar) mavjuddir.
4. Ahli kitoblar faqat ularga Hujjat (payg’ambar) kelganidan keyingina bo'linib ketdilar.
5.Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g’ri yo'ldan
oqmagan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan
edilar. Mana shu To'g’ri (haqqoniy) dindir.
6. Albatta, ahli kitob va mushriklardan iborat kofir kimsalar jahannam o'tida bo'lib, o'sha joyda mangu
qolurlar. Ana o'shalar xaloyiqning eng yomonidirlar.
7. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar - aynan o'shalar xaloyiqning eng
yaxshisidirlar.
8. Parvard...ЕщёMehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

8. Parvardigorlari huzuridagi ularning mukofotlari ostidan anhorlar oqib turadigan mangu
jannatlardir. Ular o'sha joyda abadul-abad qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo'lur, ular (Allohdan)
rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir.