Endi u yo`q hayotimda, Yashar faqat faryorimda, Ayrildim bir qanotimdan, Qaytib sevolmasam kerak, Kechir meni, kechir yurak. Nahot qaytib uchrashmayman, Ko`rishmayman, so`rashmayman, Baxt libosda yarashmayman, Qalbimda kuz xazonko`ylak, Kechir meni kechir yurak. Pushaymonlar qavat-qavat, Bir yon alam, bir yon nafrat, Dilda shovqin shahri hasrat, Yig`lar hasta dil jonsarak, Kechir meni, kechir yurak. Jim yig`layman o`tirvolib, Suratlaring keltirvolib, Dilni dardga to`ldirvolib, Kechagi baxt shirin ertak, Kechir meni, kechir yurak. Ko`zimizga termular ishq, Gumonlarga cho`milar ishq, Qay qabrga ko`milar ishq, U kelmaydi yo`qdir darak, Kechir meni, kechir yurak. Qon qaqshayman yolg`izlikda, Oshiq Ahad yorsizlikda, Sensizlikda, holsizlikda, Vasli umid telba istak, Kechir meni kechir yurak...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев