Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning
nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda
bahor...
Qancha sevar eding, bag’rim,
bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot
bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.
Mana qimmatligim, yana bahor
kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi
seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi
nari.
Seni izlar ekan, bo’lib shabboda,
Sen yurgan bog’larni qidirib
chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-
ko’rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo’ron
bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog’laridan daraging
izlab,
Soylarga qulatdi tog’ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan
qo’ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so’roq.
Barida sukunat, mayuslik ko’rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari
toq...
So’ngra jilo bo’lib kirdi
yotog’imga,
Hulkar va Omonning o’pdi
yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar
yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o’zidan.
Lekin yotog’imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana el bo’ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so’ray ketdi qalbimni
tilib:
«Qani men kelganda kulib
qarshilab,
Qo’shig’i mavjlanib bir daryo
oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash
so’roqlab»
Meni she`rga o’rab suqlanib
boqqan?
O’rik gullariga to’nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho’x
nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib
qulochin?
Qanday ishqqa to’lib boqardi
tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo’shig’ida
Mudom ko’rar edim o’z
jamolimni.
Qani o’sha kuychi, xayolchan
yigit?
Nechun ko’zingda yosh, turib
qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda
oq,
Nechun bu ko’klamda sen
parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim.
Baridan tutdim-u, keldim
qoshingga.
U ham g’aming bilan kezdi
aftoda,
Boqib turolmayin qabring
toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko’chdi,
Kurtakni uyg’otib so’yladi
g’amnok.
Sening yoding bilan elib beqaror,
Gullar g’unchasini etdi chok-chok.
Gulu rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir
qo’shiq.
Bu qo’shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga
to’liq.
Bahorga burkangan sen sevgan
elda,
Ovozing yangradi jo’shqin,
zabardast.
O’lmagan ekansan, jonim, sen
hayot,
Men ham hali sensiz olmadim
nafas.
Hijroning qalbimda, sozing
qo’limda,
Hayotni kuylayman, chekinar
alam,
Tunlar tushimdasan, kunduz
yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan
sen ham!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев