ingichka ovozi bilan odamlardan sadaqa
so`rayotgan kichkina, nimjongina qizchaga ko`zi
tushibdi. Qizaloqning abgor ahvolidan ko`ngli
buzilibdi-yu, darrov cho`ntagiga qo`l suqib,
yonida borini unga berib yubormoqni niyat
qilibdi. Shu zahoti shaytonning ovozi eshitilibdi:
«Sen bu pullarni osonlikcha topibsanmi! Butun
mol-dunyoingni sadaqa qilib yuborsang ham,
bunaqa tilanchilarning hammasiga yordam
berolmaysan. Qo`yaver, Xudo buning
peshonasiga shunaqa taqdir bitgan!». Yigit
qizchaga ko`p qatori arzimagan bir necha chaqa
beribdi-yu, yo`lida davom etibdi. Kechqurun
oilasi bilan to`kin dasturxon atrofida
o`tirganida, «uni emayman, buni emayman»,
deya tansiq eguliklarni rad etayotgan erkatoy
qizchasining lo`ppi yuzlariga, tiqmachoqdek
bilaklariga boqar ekan, egni yupunligidan
diydirab, sovuq qotgan, ozg`in qo`llarini
odamlarga cho`zganicha sadaqa tilayotgan
qizaloq ko`z oldiga kelibdi. Shaytonning gapiga
kirib, yonida borini unga berib yubormaganidan
afsus chekibdi. Tunda Allohga nido qilibdi: - Ey
Qodir Egam! Bu qizchaga nega bu qadar qiyin
taqdirni ravo ko`rding? Bunaqada u qachon
odamga o`xshab yashaydi?! Yigitning qulog`iga
shunday ovoz eshitilibdi: «Seni nega badavlat etib
yaratganimizni tafakkur qilmaysanmi?!»...
[ OLLOX mexribon unga itoat qiladiganga ham
qilmaydigaga ham MURRUVATini ayamaydi...
Molu dunyoni xammaga berishi mumkun lekin..
bitta ne matni , OLLOX o'zi yaxshi ko'rgan
bandalariga berar ekan.. Bu nemat seni jannatiy
qilar ekan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев