Buni etmayman
inkor,
Behuda emasdi ko'ngil izhorim.
Shubhalar hammasi-hammasi bekor,
Sababi bu emas qat'iy qarorim.
Bugun tushundim men taqdir hazilin,
Bugun menga ayon zim-ziyo sirlar.
Bugun bildim tenging emasligimni,
Bugun bu ko'z yoshlar qalbimni tirnar.
Taqdir atalmish bu muhtasham saroy,
Biz ikkimiz uchun ko'tarmagan qad.
Bahor ham shunchalar bersada chiroy,
Birga ko'rolmadi bizlarni faqat.
Uzr so'ramayman ketish oldidan,
Chunki s
evish, ahir, emasku gunoh,
Bosh olib bu yerdan sening vaslingdan,
Bilmayman qayerdan toparman panoh.
Ho'p, mayli, uz endi sevging rishtasin,
Hayotda bahting top deb qilaman nido.
Yagona tilagim, qayg'u neligin,
Bilmasdan yashagin, Hayr! Alvido!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев