Jismni ixtiyoriy harakatini ko’rganda uni ikki asosiy harakat — ilgarilanma va aylanma harakatlarning yig’indisi sifatida qarash mumkin, ya’ni umumiy ko’chish:
S Silg Sayl . (7.1)
Kattiq jismning bunday harakatini yassi harakat deyiladi. SHunga ko’ra qattiq jism tezligini shunday yozish mumkin:
V Vilg Vayl , (7.2)
bu yerda – Vilg ,Vayl ilgarlanma va aylanma harakat tezligi. Aylanish jarayonida har xil nuqtalarda har xil bo’ladi:
Vayl R , (7.3)
bu yerda - burchak tezlik, R - nuqtaning radius-vektori. Demak, qattiq jismning murakkab harakatining tezligi shunday bo’ladi:
V Vilg R . (7.4)
Qattiq jism qo’zg’almas o’q atrofida aylanganda uning harakati uchun Nyutonning 2-qonunini tadbiq etish mumkin. Buning uchun qattiq jismning aylanma harakatini xarakterlaydigan ikki fizik kattalik—kuch momenti M va inersiya momenti I kiritiladi.
Qattiq jismni aylantiruvchi kuchning momenti M deb, shu kuch F ning ko’rilayotgan nuqtasidan aylanish o’qigacha bo’lgan R masofaga ko’paytmasiga aytiladi:
M FR . (7.5)
Kuch momentining birligi 1N*m .
Biror jismning aylanish o’qiga nisbatan inersiya momenti I deb, jism massasini shu o’qqacha bo’lgan masofa kvadrati ko’paytmasiga aytiladi.
I mR2. (7.6)
Inersiya momentining birligi XBS da 1kg*m2
Endi aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini shunday yozish mumkin:
M I I , (7.7)
bu yerda - burchak tezlanish.
Ko’rilgan (7.7) ifoda aylanma harakat uchun Nyutonning 2-qonunini ifodalaydi. Biz uchun yangi
L I . (7.8)
ifodani (7.7) ga qo’ysak,
M . (7.9)
ni hosil qilamiz. Bu yerda L kattalik impuls momenti deb ataladi. Ko’rilgan (7.9) ifoda qattiq jismning aylanma harakatining asosiy tenglamasidir. Qattiq jism biror o’qqa nisbatan aylanganda uning kinetik energiyasi quyidagiga teng bo’ladi:
Eayl (7.10)
Endi qattiq jismning yassi harakatidagi kinetik energiyasini shunday yozamiz:
Ekin Eayl Eilg . (7.11)
Bu ifodaning ma’nosi shuki, qattiq jism yassi harakatining kinetik energiyasi uning ilgarlanma harakati va aylanma harakatlarining kinetik energiyalarinig yig’indisiga teng.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев