onga, Ishq berdingmi, ey, allohim
menday yomonga. Ko'zlaringsiz
mayus boqar har tong armonga,
Sog'inganim, sog'inchingni
yashirma faqat. Dil azobim,
muhabbatim sarob bil mayli,
Jilovlangan g'irotimni xarob bil
mayli, Kimsa so'rmas bu holimni
ishq-la til mayli, Sog'inganim,
sog'inchingni yashirma faqat
Qo'li baland kelar menda hijron
azobi, Yo'qlay olmam lahzalarga
bilmoqlik holi, Titrab turar,
lablarimda yurak savoli,
Sog'inganim, sog'inchingni
yashirma faqat Tanholikka
surgun qilib o'zim o'zimni,
Nomalarda bitdim qalbim so'zini.
Ham rostim, ham yolg'onimsan
yoshli ko'zimni, Sog'inganim,
sog'inchingni yashirma faqat
Sirlarimni izhor qildim tog'larda
sado, Qatra-qatra yosh ostida
cheksiz bir ma'no. Bu muhabbat
ikkimizga atalgan go'yo,
Sog'inganim, sog'inchingni
yashirma faqat...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев