Qiz juda chiroyli edi.
Boshqa
qizlardan farqli ravishda hayotga
özgacha nigoh ila qarardi. 19
yoshli sohibjamol qizni tabiiy
ravishda sevuvchilar ham bisyor
edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar
umuman qiziqtirmas, qanaqadir
özgacha bir sevgini kutardi.
Yuragining tub- tubidan uning
kelishini ham his etib turardi. Bir
kuni darsga kelganida,
partasining ustida turgan qip- qizil
atirgulni kördi. Gul bandiga
biriktirilgan qog'ozchaga atiga
ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi
kunlarda yana bir-ikki bor bu holat
takrorlandi. Qip- qizil atirgul
va doimgi bir xil dastxat. Qiz bu
gullarning sohibi kim ekanligiga
judayam qiziqardi... Kunlarning
birida qiz uyqudan uyg'onib,
derazadan köchaga qaradi va birdan
özgacha hayajonlanib
ketdi. Röparadagi dökonchaning
oppoq devoriga har xil
böyoqlarda katta qilib yurak
shakli chizilgan, uning ichiga qiz
ismining bosh harfi yozilgandi. Eng
ajoyibi esa, surat tagiga ösha
sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha sirli
yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham yaxshi
bilardi. Odamlar orasidan uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari
doim öychan yuradigan qiz endi
kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada jozibador
körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni qöliga
olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga
chiqqan qiz musaffo havo va
xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini harakatlantiruvchi
zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U
zanjirni joyiga örnatishga
urinardi-yu buni hech eplolmasdi. -
Balki yordamim kerakdir? Qiz
yoniga kelib töxtagan velosipedli
yigitga qaradi. - Yöq, özim... -
Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi. - Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan
qaradi. Yigit böy- basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz
velosipediga ötirib, qanaqadir
yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi.
Qiz esa uning ortidan bir zum
termulib qoldi... Qizga atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan
oshgandi. Lekin, qiz haligacha ösha
sirli yigitning kimligini
bilolmasdi. Shunday kunlarning
birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga qolib
ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi
buzuq, kuchli momaqaldiroq
bölayotgandi. Qiz taksi ushlash
maqsadida kollej yonidagi
bekatga kelganida allaqachon öta
shiddatli yomg'ir boshlangandi.
Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz
ketishga ham qörqib turgandi.
Kamiga bekatda hech kim yöq,
osmonni qoplagan qop- qora
bulutlar atrofni yanada qorong'u
körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi. Shu mahalda
unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi: - Balki yordamim
kerakdir? Bu ösha tongdagi
velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana
körganligi uchunmi yoki boshqa
sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini aytmadi: -
Yöq, özim ... Yigit ham jilmaydi: -
Yomg'ir hali- beri tinmaydi. -
Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib qöymoqchimisiz?
- Menda
yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib
qayergadir yugurib ketdiyu,
zumda qaytib keldi: - Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida yomg'ir
mahali piyoda yurish zavqli,- dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi
shu yigit ekanligini öylay boshladi.
Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir qizga
shunaqa yordam qilasizmi? - Har
biriga emas ... hammasiga. Ular
kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi tarafda
shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek javob berdi
yigit. - Ha, yaqin qoldi, -
xunob böldi qiz, - aytingchi,
hayotni qanday ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va vaqt
uchun noörin savol,- kuldi yigit.
Ular qizning uyiga yaqinlashishgandi.
- Buyog'iga
özim ketaman, sizga katta
rahmat. - Soyabon sizda qola
qolsin, menga oq ranglisi köproq
yoqadi. "Ey Xudo, - hayolidan
ötkazardi qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham
bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach qiz
uni töxtatdi: - Hey! Yigit ögirilib
qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha yoqimli
tabassumida jilmaydi va baland
ovozda baqirdi: - Hayot gözal!
Qizning yuragi juda- juda tez va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning
ortidan qarab qoldi... Ertasi
kundan boshlab qizga negadir gul
kelmay qöydi. Qiz endi juda
ham öychan bölib qoldi. U yigit
haqida kun-u tun öylardi. Xuddi
hozir balki yordamim kerakdir,
deb paydo böladigandek
tuyulardi. Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak
bölmasdi. Shu bir- necha kun
ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali özi
bilmasdi. Nihoyat bir kuni ösha
kutilgan ovozni eshitdi: - Salom! -
Salom, - javob berdi qiz. - Biroz
aylanib kelmaymizmi? - Bahor
oylarida yomg'irsiz havoda
piyoda yurish ham zavqlimi? -
Albatta. Ular birinchi marta
körishishgan xiyobonni sayr
qilishdi. Qiziq mavzularda
suhbatlashishdi. Nihoyat yigit
qizga bir dona qip-qizil atirgul
tutdi. Qiz gulni oldiyu uning
bandiga köz yugurtirdi. Qog'ozcha
yöq edi. Savol nazdida
yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi. - Mana u,
- yigit qöllarini yozdi. Uning
kaftiga böyoq bilan ösha dastxat
yozilgandi: "Hayot gözal..." Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi tez
ötardi. Qiz yigit sevgi izhor
qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi. Chindan
ular u-n hayot judayam chiroyli va
zavqli körinardi. Qiz qachonlardir
kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi. Juda
ham chiroyli muhabbat edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar olamiga
tushib qolgandek baxt va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis va
chiroyli chizilgandi. - Nega meni
bulutlar orasida turibman? Söradi qiz.
- Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining... Lekin öshanda qiz hali
özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz kelgach,
bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi. Yigit
odatdagidek jilmayardi, lekin
bu tabassum ortida juda ham
özgacha mahzunlik sezilardi. -
Nima böldi? - Hech narsa. Kecha
unutibman, kechir azizam.
Shuncha vaqtdan beri atiga yarim
daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular
yana odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu
sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon ötirardilar...
Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi. -
Salom, - dedi yaqin kelgach. -
Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin
ursin, velosipeddan yiqildim. Ular
odatdagidek örindiqqa ötirgan
köyi, quyosh botishini tomosha
qildilar... Ösha ondayoq qizning
yuragi nimadandir öta g'ash edi.
Balki, ösha kuni qizning yuragi
yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandir... Ertasiga qiz yigitning
shifoxonada ekanligini
eshitganida, karaxt bölib qoldi.
Ming xavotir ila tezda yetib keldi.
Uni yigitning yoniga qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan.
Kechagi kun tongda kasali xuruj
qilgan va kasalxonaga
keltirishgan ekan. - Unga yurish
mumkin emasligini aytgandik.
Lekin u kechroq kasalxonadan qochib
ketibdi. Mana oqibati. U
oyoqlarini his qilmaydi. Shol... Qiz
titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini töxtata
olmasdi. Xamshiraning sönggi
gaplari öta dahshatli ovoz bölib,
qizning quloqlari ostida
jaranglardi: U oyoqlarini his
qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach
qiz uning yoniga kirdi. Yigitning
ahvolini körib, battar siqildi. U
yig'lardi, yigit közlarini shiftga
tikkancha gap boshladi: -
Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7- sinf
eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding... Yigit biroz tin
olgach davom etdi: - Biram
chiroylisanki... Sen bilan juda
shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara, baribir
peshonaga yozgani bölarkan... -
Bas qiling! Qiz köz yoshlariga erk
berdi. Juda ham ezilib yig'lardi. -
Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap
aytaman. Qiz yigit aytgandek qildi.
Yigit qizning yuzini silagancha
shunday dedi: - Qachon hayotda
nimadandir siqilsang, kimnidir
sog'insang, köz yoshlaringni mana
bunday qilib sidirib tashla, -
yigit barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,- Chunki
hayot gözal... Qiz shu kuni tongga
qadar yig'ladi. Ösha tunda u
yigitni qanchalar sevishini tushundi.
"Men baribir umrbod u
bilan qolaman",- qaror qildi qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan qiz
yigitni topolmadi. Unga yigitni
tongda Germaniyaga olib
ketishganligini aytishdi. Qiz holsiz
devorga suyanib qoldi. Uning
boshida million xil hayollar
aylanardi. Nega? Öylardi u. Shu
mahalda unga bir xamshira qip-
qizil atirgul keltirib berdi. Qiz yigit
bergan sönggi gul bandidagi
qog'ozchani titragan qöllari bilan
arang ochdi. Unda shunday
yozilgandi: " Bilasanmi, doktorlar
mening tirik qolishimga deyarli
umid yöq deyishdi. Insult xavfi
kundan- kun oshib borarkan. Sen
meni baribir tashlab ketmasding.
Men esa sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men juda
uzoqqa ketyapman. Bilasan-a,
seni judayam sevaman. Agar sen
ham meni zarracha sevsang,
ötinaman, men uchun ham baxtli
hayot kechir. Sira ham yig'lama.
Yig'laganingda meni yuragim
og'riyotgan böladi. Kelishdikmi?
Men uchun esa baribir hayot
gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim
juda gözal. Chunki unda sen
borsan..." Qiz maktubni
quchganicha juda uzoq yig'ladi...
Qiz ikki yil yigitning xotirasi bilan
yashadi. Keyin yigit aytganidek
yashashga harakat qildi. Bir
yigitga turmushga chiqdi. Ammo
uning hayollari tubida hamon
eski xotiralar hukmronlik qilardi.
Har lahzada uni yod qilib
yashardi. Ög'illik bölganida, unga
yigitning ismini qöydi... Taqdir
qizga hali ancha sinovlarni
tayyorlab qöygan ekan. Farzandi
tug'ilgach köp ötmasdan, eri
avtohalokat tufayli dunyodan köz
yumdi. Qiz tag'in köz yoshlari tubiga
g'arq böldi. 4 yil vaqt ötib
ketdi. Endi qizning hayotdagi bori
ög'li va xotiralari edi. O'g'lini
bog'chaga kuzatib qo'ygach, qiz
bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv
joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq
ötirdi. "Hayot gözal" deb,
kulib turadigan yigitning
qiyofasini köz oldiga keltirdi.
Oradan shuncha 8 yil ötgan
bölsada, uning muhabbati bir
qatra bölsin, kamaymagandi... Uyga
kelgach, yuragi sog'inchdan
boshqacha urayotganligini his
qildi va özi "shirin xotiralar" deb
ataydigan qutini ochdi. Özining
portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma- hammasini bir-
bir körib chiqdi. Uyga kirib
kelgan ög'il oyisining
yig'layotganini kördi. U sekin
oyisining yoniga keldi. - Oyi,
qachon hayotda nimadandir
siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz, köz
yoshlarni mana bunday
sidirib tashlang... Qiz köz
yoshlarini artayotgan ög'liga
hayrat bilan tikilib qoldi. - Buni
kim... kim aytdi? - Bir amaki
oyingni sira ham yig'latma dedilar,
rasm chizishni ham
örgatdilar. Qizning yuragi
qachonlardir yigit yomg'irli
kechada "Hayot gözal"
deganidagi kabi zarbli urardi.
"Nahotki u tirik bölsa?" Qiz tonggacha
mijja qoqmadi.
Allohdan umidlari puch bölib
chiqmasligini söradi. Ertasi kun
bog'chaga borib, rasm
murabbiyini söradi. Uni bir
xonaga kuzatib qöyishdi. Xonaga
kirgan qiz burchakda turgan
yangi chizilgan suratni tanidi.
Qachonlardir tongda
uyg'onganida dökoncha devoriga
chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz
judayam hayajonlanardi. - Balki
yordamim kerakdir? G'alati ovoz,
qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi.
Ögirilganida qarshisida ösha rom
qiluvchi tabassumi bilan yigit
turardi... Yigitni Berlinda 3 yil
davomida davolashgan, keyin 2 yilga
yaqin nogironlik
aravachasida yashagan, nihot
keyin butunlay sog'ayib ketgandi.
Ular ancha vaqt bir- birlariga
termulib qoldilar. Qizning sakkiz
yil oldingidek chiroyi yigitning ösha
vaqtlardagidek jozibador
tabassumiga qarshi turardi. Qiz
shu yillar ichida ilk marta
sevinganidan yig'lardi. Yigit qizga
yaqin keldi. - Qachondir
nimadandir siqilsang, kimnidir
sog'insang, köz yoshlarni mana
bunday sidirib tashla... Keyingi
jumlani ular baravariga aytishdi: -
CHUNKI HAYOT GÖZAL..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев