BO‘LISHISH ??? Bir kuni bir
donishmanddan odamlarni
sevuvchilar yoki uni
faqatgina tilida gapiruvchilar
orasida qanday farq borligini
so‘rashibdi. Shunda
donishmand: "Keling, sizga
ularning farqini amaliyotda
ko‘rsatay”–deb, dasturxon
hozirlabdi.
Sevgi tilidan qalbiga yetib
bormaganlarni eng avval
dasturxonga chaqiribdi.
Dasturxonga ovqat
keltirilgach, donishmand
mehmonlarga uzun qoshiq
beribdi. Qoshiq shu darajada
katta ediki, u bilan ovqat
yeyish imkonsiz edi. Shu
sababli ham taomlar og‘izga
yetib bormay, to‘kilib-
sochilib ketar edi. Mehmonlar
ming qiyinchilik bilan
ovqatni yeya olmay
dasturxondan turib
ketishibdi.
Shundan so‘ng donishmand
dasturxonga yuzlaridan nur
yog‘ib turadigan, sevgi
qalblarining tubidan joy
olgan insonlarni dasturxonga
taklif qilib, ularga ham
shunday uzun qoshiqlarni
beribdi.
Bu safargi mehmonlar
qoshiqlarda bir-birlariga
ovqat yedirishar edi. Shunday
qilib ularning har biri
qorinlarini to‘yg‘azib,
donishmandga o’z
minnatdorchiliklarini bildirib,
dasturxondan turib
ketishibdi.
"Ko‘rdinglarmi”,– debdi
donishmand: "Kim faqat
o‘zini o‘ylasa, hayot
dasturxonida ham faqat o‘z
qornini o‘ylaydi va dunyodan
och o‘tadi. Kim do‘stini
o‘ylasa, o‘zi ham do‘sti
tomonidan to‘ydiriladi.
Shubhasiz, bu dunyoda
sevgisini bo‘lishib
yashaganlar muvaffaqiyat
qozonadi.”
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев