haroratda bug'lanib ketadi.
• Saudiya Arabistoni davlati hududidan
bitta ham daryo o'rin olmagan.
• Gretsiya davlatining madhiyasi 158
usulda yangrashi mumkin.
• Yapon olimlarining aniqlashicha,
odamning tishi qanchalik ko'p to'kilsa,
xotirasi shunchalik past bo'ladi.
• Indoneziya tarkibida 17 ming 508 ta orol
mavjud.
• Dunyodagi eng iliq dengiz deb Qizil
dengiz tan olingan.
• Gugurt dastlab 1820 yillarda Yevropada
paydo bo'lgan. Ammo u o'ta xavfli bo'lib,
arzimagan ishqalanish oqibatida ham yonib
ketishi mumkin edi. Hozirgi ko'rinishdagi,
ya'ni havfsiz gugurt donachalari esa ilk
marotaba 1855 yili Shveytsiyada ishlab
chiqarilgan.
• Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada
joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga
boradi.
• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan
chegaradosh bo'lmagan ikki davlat
mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa,
ikkinchisi Paragvaydir.
• 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy
taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan
iborat bo'lgan.
• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-
sotdi portali esa www.eBay.сom
hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln.
nafar foydalanuvchisi bor.
• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan
dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir.
• Evropa qit'asida odam yashamaydigan
xilvat joyni topa olmaysiz.
• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil
topgan.
• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator
dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi.
• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan
yagona davlatdir.
• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga
ega bo'lgan birgina davlat Kubadir.
• AQShning 23 ta shtati okean bilan
chegaradosh.
• Er sharining 97 foiz suvi okeanlar hisobiga
to'g'ri keladi.
• Afrikadagi eng issiq davlat Tripoli
hisoblanadi.
• Janubiy Amerikadagi o'rmonlarning
deyarli yarmi Argentinada joylashgan.
• Rossiya dunyoda kinoteatrlar ko'pligi
bo'yicha birinchi o'rinda turadi.
• Andorra dunyodagi pochta xizmati tekin
bo'lgan yagona davlatdir.
• 672 raqami Antarktidaning xalqaro
telefon kodi hisoblanadi. Garchi aholi
doimiy yashamasa-da, ushbu muzliklar
mamlakatiga ham telefon kodi ajratilgan
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев