Shunda farishtalar bandalaringni senda qanday haqi bor? Bandalarim ramazon hayiti namozini o'qisa men ularing barcha gunohlarini kechiraman va menga duo qilib nimani so'rashsa beraman shu bandalarimni mendagi haqi. (Salim qori maruzasi asosida tayyorlandi) Barcha momin mominalarga ramazon hayiti muborak bo'lsin. Alloh ta'olo tutgan ro'zalaringizni qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin omin.
HAYIT NAMOZI o'qish tartibi
1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.
2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.
3. Har kim ichida Sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom ketma-ket qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4. Shundan keyin imom ichida «A'uzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani o‘qiydi.
5. Ruku va sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. To‘rtinchi takbirdan keyin qo‘llar bog‘lanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan so‘ngra «Attahiyyat» va «Salovot» o‘qib, salom berilib, namoz tugatiladi.
Yaqinlaringizga ulashing
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев