Bir brodarimiz hikoya qiladi: Men namozlarimni o’z vaqtida o’qimay qo’ygandim, ko’p gunoh ishlar qilardim. O’sha kunlarda Men avtohalokatga uchradim, ishlarim yurushmay, qarizlarim ham ko’payib ketdi. Pul topishga harakat qilardim lekin topgan pulimda Baraka yo’q edi. Qarizlarim esa ko’payib borardi. Qiynalib ketdim Hatto bir kun o’z jonimga qast qilmoqchi ham bo’ldim. Lekin Allohdan qo’rqdim. . (Alloh yaxshi ko’rgan bandasini qilgan gunohlariga bu dunyoni o’zida jazo berer ekan. O’z hatosini tushunsin, toki bu gunohni qayta qilmasin deb). Ramazon oyi kirdi Ramazon oyida 30 kun ro’za tutdim. Qadr kechasi fazilatlarida. Abu Hurayra (rz.)dan rivoyat qilinadi. Rasul akram (s.a.v):
“Kimiki Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha qilgan gunohlari mag‘firat qilinur”, - dedilar. Bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo‘ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajallarning miqdori o‘lchanadi. Alloh taolo bir yillik taqdirni farishtalarga bildiradi va bu yil taqdir qilingan narsalarni ularga yozib qo‘ymoqlikni amr etadi. Shu so’zlarni o’qiganimdan keyin. Qadr kechsi Allohga ibodat bilan o’tqazdim. Allohga qilgan gunohlarimga tavba qildim. Qarizlarimga najot berishini Allohdan yig’lab so’radim. Oradan ko’p vaqt o’tmay ishlarim yurisha boshladi. Topgan pulimda Allohning barakasi borligini bilib turardim. Uch, to’rt yil oldin bo’lgan qarizlarimni uzdim. Hayotim yaxshilanib borardi. Allohga shukuronalar aytdim. Hozir esa Allohga shukur ishlarim yaxshi. Bugun esa yana menga najot bo’lgan kun Qadr kechasi Inshaalloh. Boshingizda qanday mushkilotlaringiz bo’lsa Allohdan so’rang. Bugun Alloh uchun qilgan ibodatlaringiz ikki dunyo uchun foydali bo’ladi.
Inson qilgan ibodat bilan maqtanib hammaga oshkor qilib bo’lmaydi riyo bo’lib qolishi mumkin. Bu voqeani esa ibrat uchun yozdim.
Alloh roziligi uchun, o’z yaqin do’st brodarlaringizga yuboring!!!
Telegram kanalimiz @rozakitob
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев