– Ro’zani qazo qilish degani nima?
– Buzilgan ro’zasining o’rniga ramazondan keyin
ro’za tutishdir. Necha kun ro’zasi buzilgan bo’lsa,
o’shancha kun ro’za tutadi.
– Kafforat qilish degani nima?
– Bir qul ozod qilish, agar bunga qodir
bo’lmasa, ramazondan keyin orada biror kun
qoldirmay, muttasil oltmish kun ro’za tutish,
agar zaiflik va notavonlik sababidan oltmish kun
ro’za tutishga qodir bo’lmasa, oltmish miskinga
taom berish – kafforat qilishdir.
– Oltmish kun ro’za muttasil bo’lmasa,
kafforatga kifoya qiladimi?
– Kifoya qilmaydi, kafforatga oltmish kun
muttasil bo’lishi lozim.
– Bir kishi kafforat uchun ro’za tuta boshlasa,
oltmish kunga yetmasdan biror kun ro’za tutmay
qolsa, nima qiladi?
– Kafforat uchun yangidan boshlab oltmish kun
muttasil ro’za tutadi, avvalgi tutgan ro’zasi
kafforatga kirmaydi.
– Bir kishi niyat bilan tutgan ramazon ro’zasidan
bir necha kunni xato qilib buzsa, masalan, to’rt-
besh kunni xato qilsa, nima qilishi lozim?
– Har bir xato qilgan kun uchun bir kundan qazo
ro’za tutadi, undan keyin necha kun xato qilgan
bo’lsa, hammasi uchun bir kafforat lozim
bo’ladi.
– Bir kishi bir yo bir necha kun ro’za tutishni
niyat qilmasdan fosiqlik ila kunduz kun taom yeb
yursa, u kishi nima qilmog’i lozim?
– U kishi ro’za tutmay qolgan kunlari uchun
qazo ro’za tutadi, ushbu qilgan fisq ishiga
pushaymon bo’lib, tavba va istig’for qiladi.
Ammo u kishiga kafforat lozim emas, chunki
uning gunohi g’oyatda zo’r va katta gunohdirki,
kafforat bilan avf qilinadigan emas, balki tavba
va istig’for lozimdir.
– Bir kishi o’zining ro’za ekanini bilib turib xatolik
bilan og’zidan biror taom ketsa yoki suv ichib
yuborsa yoki bir kishining zo’rlik bilan ro’zasini
buzsa yoki ro’zador kishi og’zini to’ldirib qayt
qilsa yoki tong otmagan deb o’ylab taom yesa,
holbuki, tong otgan bo’lsa yoki quyosh botgan
deb iftor qilsa, shu kishining ro’zasi buziladimi?
– Buziladi.
– Endi u kishi nima qilishi kerak?
– O’sha kuni quyosh botguncha ro’za kishidek
ro’zani buzadigan narsadan o’zini saqlashi va
ham ramazondan keyin o’sha kun uchun ro’za
tutib berishi lozim. Ammo kafforat lozim emas.
– Ro’za tutgan kishining dimog’iga chang-g’ubor
yoki tuproq, jun yoki tutunga o’xshash narsalar
kirsa, ro’zasi buziladimi?
– Buzilmaydi, qazo ham, kafforat ham lozim
emas.
– Og’ziga qor yoki yomg’ir kirsa, ro’zasi
buziladimi?
– Buziladi. Qazo qilish lozim bo’ladi, ammo
kafforat lozim emas.
– O’zining tupugini yutsa, nima bo’ladi?
– Ro’za buzilmaydi.
– Bir ro’zador kishi o’zining ro’za ekanini esdan
chiqarib biror taom yesa, suv ichsa, jinsiy aloqa
qilsa, ro’zasi buziladimi?
– Buzilmaydi, qazo ham, kafforat ham lozim
emas.
– Bir ro’zador kishi uyqudan junub bo’lib tursa,
xotiniga qo’l tekkizib ehtilom qilsa, ro’zasi
buziladimi?
– Buzilmaydi.
– U kishiga g’usl qilish durustmi?
– Suv ichiga tushib uzoq muddat o’tirmasdan va
ham obdasta bilan g’usl qilish durust. Ammo
suv ichiga tushib uzoq muddat turishda ba’zi
joylaridan suv kirib ro’za buzilishi ehtimoli bor.
– Ro’za tutgan kishi tish orasida qolgan taomni
yesa, ro’zasi buziladimi?
– No’xatdan kichik bo’lsa, og’zidan tashqariga
chiqarmay yutib yuborsa, ro’zasi buzilmaydi,
agar no’xot miqdoricha bo’lsa yoki og’zidan
chiqarib keyin yutsa, buziladi.
– U kishi nima qilishi lozim?
– Ro’zasini qazo qilmog’i lozim bo’ladi, kafforat
lozim emas.
– Qazo va kafforat uchun tutiladigan ro’zalarga
qay vaqt niyat qilish lozim bo’ladi?
– Kechasi niyat qilish lozim bo’ladi. Tong
otgandan keyin niyat qilish mo’’tabar emas.
– Hayz va nifosli ayollarga ro’za tutish lozimmi?
– Durust emas.
– Bir ayol ramazon ichida hayzli yoki nifosli
bo’lsa, nima qiladi?
– Hayzli va nifosli kunlarda ro’za tutmaydi.
Necha kun ro’zasi qolgan bo’lsa, o’shancha kun
qazosini tutadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
yopmoqcidim iltimor
spam bosvorilar oldindan
raxmat