Yaqin vaqtlarda tugmachali oddiy mobil apparatlar muomaladan chiqib ketsa ham, ajabmas.Smartfonlarning raqobatda ustun kelayotgani nafaqat uning ko‘rinishiga, balki kengqamrovli funksiyalariga bog‘liq. Mobil softver sanoati o‘ta shiddat bilan rivojlanmoqdaki, smartfonlar egalari bugun biror yangi dasturni o‘rnatib, undanfoydalanishga ulgurmay turib, boshqasi paydo bo‘lyapti. Android, iPhone, WindowsPhone va boshqa platformalar ketma-ket chiqarayotgan dasturlarning hammasini ishlatishga bir kishining umri yetmasa kerak.Hozirda iPhone va android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan WhatsApp nomli ilova-dastur juda ommabop bo‘lib ketdi. Uqisqa vaqt ichida 300 milliondan ortiq yuklab olindi. Android uchun mo‘ljallangan ilovalar ichida hech bir dastur bunchalik mashhur bo‘lmagan. O‘zimizda ham bu ilova ancha ommalashdi. O‘zaro suhbatlarda"vatsapingiz bormi?" degan so‘rov ko‘pchilikning qulog‘iga chalinayotgan bo‘lsa kerak.WhatsApp — u nima?Bu — kichik dastur bo‘lib, androidli smartfon va kommunikatorlarga o‘rnatiladi hamda quyidagi oddiy amaliyotlarni bajarishga ko‘mak beradi:- ushbu dastur o‘rnatilgan boshqa mijozlarga matnli xabarlar jo‘natish. Ya’ni,WhatsApp o‘rnatilgan ikki foydalanuvchi bir-biri bilan SMS shaklida deyarli tekingasuhbatlashadi (faqat internet trafik uchun haq to‘lanadi);- bir-biriga fotosuratlarni jo‘natish;- audio yozuvlar jo‘natish (Bluetoothni unutasiz);- geografik xaritalarni o‘zaro almashish. Sayyoh va sayohatchilar uchun ushbu funksiya juda qulay va foydali. Unda Gugl xaritasidagi manzillar surat ko‘rinishida jo‘natiladi.- telefon xotirasidagi raqamlarni jo‘natish.Ya’ni, tanishlaringizning raqamini boshqasiga bittalab sanab o‘tirishingizga yoki sms, ye-mayl orqali yuborishingizga hojat qolmaydi;- va boshqa vazifalar...Ishlab chiqaruvchining rasmiy sayti: http://www.whatsapp.com/ .MA’LUMOT O‘RNIDA: WhatsApp ilovasini Apple kompaniyasi 2013 yildan boshlab iPhonelarga tekinga o‘rnatish imkonini bergan. Avvallari uning narxi — 0,99$ edi. Boshqa smartfonlar egalari esa (Android, BlackBerry, Windows Phone, Nokia) uni bepul ko‘chirib olishlari va bir yil davomida foydalanishlari mumkin.Nima uchun ko‘pchilikka manzur kelmoqda?- Bir qarashda ushbu ilovada hayratlanarli jihatning o‘zi yo‘q. Ammo! U yaxshi ishlaydi va juda qulay. Bo‘lar-bo‘lmasga elektron pochtadan foydalanishga hojat qoldirmaydi.- Har xil parollar, loginlar o‘ylab topish, ularni esda saqlab yurishning ham keragi bo‘lmaydi. Sizning telefon raqamingiz — faqat shu sizdan talab etiladi.- Audioyozuvlarni (qo‘shiq va hok.) almashishda Bluetoothni sozlash kabi yumushlardan ozod etadi.- Juda qulay interfeys. Hammasi sensor ekranni bir-ikki bosish bilan hal bo‘ladi.- Katta zahira talab etmaydi va smartfon quvvatini so‘rib olmaydi.- Oddiy, endigina o‘rnatgan foydalanuvchi ham uni tez o‘zlashtirib oladi.Undan foydalanganda ko‘p pul ketmaydimi?WhatsAppdan foydalanilganda faqat internet-trafikka pul to‘lanadi. Bizda mobilinternet narxi u qadar qimmat emasligini hisobga olsak, matnli fayllarni almashish SMS-yozishmalaridan ko‘ra arzonroqqa tushadi. Biroq og‘ir fayllarni (foto va audiovideo) haddan ortiq almashish anchagina internet-trafik sarflash mumkin. Dasturdan bunday faol foydalanadiganlar turli qulay internet-paketlarni yoqtirganlari ma’qul.WhatsAppni qayerdan yuklab olsa bo‘ladi?Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning rasmiysaytidan yuklab olish va o‘rnatish tavsiya etiladi: http://www.whatsapp.com/download/Yoki smartfoningiz ilovasida keltirilgan rasmiy internet-do‘konlardan (AppStore, Google Play, MarketPlace ...) ko‘chirib olish mumkin.Har xil saytlardan ko‘chirib olishga urinib, ularga pul to‘lab, aldanib qolishdan ehtiyot bo‘ling.BILINGKI: Dastur dastlabki bir yilga bepul taqdim etiladi. Agar u sizga yoqib qolsa vaunga o‘rganib qolsangiz, keyingi yildan biryil uchun atigi 99 sentdan to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.Qaysi telefonlarga o‘rnatish mumkin?Quyidagi turkum telefonlarga o‘rnatish imkoni bor:
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев