O�zni deb har nega tayyor odamlar,
Tilda do�st dilida ag�yor odamlar.
Bu dunyoda turfa inson yaralgan,
Soddalarni qiynar ayyor odamlar.
Ish tushsa nodonni dahosiz deydi,
Qadringiz qimmati bebahosiz deydi.
Avval oshu so�ng, boshingiz yeydi,
Soddalarni qiynar makkor odamlar.
Yovdek ko�z tashlaydi birov mulkiga,
Fitnachi dars berar hatto tulkiga.
�Akasin� qoldirib ketar kulgiga.
Soddalarni qiynar ayyor odamlar.
Kun kelib turli hil fitnalar aylab,
O�zganing ortidan kimgadir qayrab.
Itbaliq o�zini Akula sanab,
Soddalarni qiynar fitnachi odamlar.
Shukurkim OLLOH bor, savob gunoh bor,
Qiyomat kunida o�tli ogoh bor.
Necha gunohlarga qancha guvoh bor.
Muhammadni qiynar ayyor odamlar.
Ilonni bolasi ilon bo�ladi,
Chayonning bolasi chayon bo�ladi.
Odamning bolasi odam bo�lmasa,
Uning oqibati yomon bo�ladi.
Eh odam odamlar, turfa odamlar,
Bo�lmasmi odamdek yursa odamlar.
Eh odam odamlar, aziz odamlar,
Odamdan yaxshilik ko�rsa odamlar.
Eh odam odamlar, aziz odamlar,
Dunyoda ko�p hali yaxshi odamlar.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев