- Kun böyi uning garajida ötirib ishini kuzatdim. "Folksvagen" yig'ayotganidan xabaringiz bormi?
- Ha, Billi aytgandi.
Dadam ovqat mahalida ham menga sinovchan qarab-qarab qöydi. Kechki ovqatdan keyin dadamni hayron qoldirib oshxonani va butun uyni tozalashga tushdim. Keyin uy vazifalarimni bajarib, dadam bilan televizor körgani ötirdim. Bu ishim bilan uni battar hayratga soldim. Kech bölib qolganini eslatib, dadam xonasiga kötarilgach, yuragimni yana vahima bosa boshladi. Huzurbaxsh kun tugab yana vahimali zulmat bostirib kelayotganini, tong otgunicha hali ancha borligini öylab yuragim siqildi.
Dahshatli tushlarga tayyor holda örnimga yotdimu, shu bilan tongda közimni ochdim! Tört oy deganda birinchi marta tush körmasdan, xotirjam uxladim. Dahshatli tush körmaganimga ishongim kelmay, bir oz örnimdan turmay yotdim. Demak, bu tösiqni yengib ötibman. Shundan keyin yomon xayollarni miyamdan quvib, bugun yana Jeykob bilan uchrashishimni öyladim. Hayotga qaytganimga ishongim kelmasdi. Endi odamlarning gapiga özimni majburlab tabassum qilishim, eshitmasam-da ma'qullashim shartmasligini öylab könglim yorishdi. Bugun kayfiyatim buzilishiga yöl qöymayman.
- Bugun nima qilmoqchisan? - söradi dadam nonushta mahali. Uyg'ongandan buyon shu savolni öylayotgani körinib turardi.
- Yana Jeykoblarnikiga boraman.
U öychan holda bir nuqtaga tikilib qoldi.
- Qarshimisiz? Unda uyda qolishim mumkin.
- Yöq, yöq, - dedi dadam shoshib. - Bemalol boraver. Kechqurun Garri kelmoqchi edi, birga futbol tomosha qilamiz.
- Balki Billi amakini ham chaqiqarsizlar, - taklif kiritdim. Motosikl tuzatayotganimizdan Jeykobning dadasi xabar topmasligi uchun bu yagona yöl edi.
- Yaxshi fikr!
Dadam mening odatiy hayotga qaytayotganimdan xursand edi. Maktabga ketayotganimda dadamning telefonda Billi amaki bilan gaplashayotganini eshitdim.
Tashqarida yomg'ir chelaklab quyardi. Yöl yaxshi körinmagani uchun tezlikni pasaytirishimga tög'ri keldi. Yomg'ir yuvib ketgan yöldan Jeykobning uyigacha zörg'a yetib bordim. Motorni öchirmasimdan uydan katta soyabon kötargan Jeykob otilib chiqdi.
- Charli amaki qöng'iroq qilib, yölga chiqqaningni aytdi, - dedi u durdek tishlarini yaltiratib. Unga qarab öz-özidan jilmaygim kelganiga özim ham hayron böldim. Minnatdorchilik hissi qalbimni töldirdi.
- Dadamni mehmonga chaqirishni yaxshi öylab topibsan, qöl tashla! - dedi u kaftini baland kötarib. Kaftiga qölim yetishi uchun sakrashimga tög'ri keldi. Qilig'imdan ikkalamiz ham kulib yubordik. Bir ozdan keyin dadamning yana bir dösti - Garrining furgoni körindi. U Billi amakini olib ketgani kelgandi. Biz ularni kuzatib, guvohlardan qutilganimiz uchun yengil tin oldik.
- Xösh, - dedi Jeykob yuziga jiddiy tus berib, chöntagidan allaqanday reja chizilgan qog'ozni olarkan. - Birinchi örinda temir-tersaklar tashlanadigan axlatxonaga boramiz, balki qölga ilinadigan biror narsa toparmiz. Shunda ta'mir bizga arzonroqqa tushadi. Ikki motosikl ham ishga tushishi uchun ancha harajat qilishimizga tög'ri keladi. Köpi bilan yuz yoki ikki yuz dollar pulimiz ketadi.
Men chöntagimdan chek daftarchamni chiqarib körsatdim va "Muammo yöq", dedim. Bugun g'alati kun böldi. Öz-özidan könglim yayrab, arzimas gaplarga ham bolalarcha quvonardim. Hatto yomg'ir töpig'imgacha chiqqanda ham, temir-tersak uyumini titib yurganimda ham könglim xira tortmadi. Öylay-öylay, buning sababchisi Jeykob bölsa kerak degan qarorga keldim. Aslida gap Jeykoa meni körganda chin dildan quvonishida, menga g'amxörlik qilishida, har qanday köngilxiraliklardan asrashida, yana tushkunlikka tushib qolmasligimdan xavotirlanib köz uzmay kuzatishida ham emas edi. Gap umuman boshqa narsada edi.
Gap Jeykobning fe'lida edi. U tabiatan baxtiyor odam edi, öz baxtini xuddi energiyadek atrofdagilarga tarqatar, quyosh nuridek atrofdagilarni isitardi. Shu sabab men ham quyoshga intilgan maysa kabi unga intilardim.
Jeykob pikapimdagi stereomagnitofonning bösh örnini körsatib, "Buzilib qoldimi?" deb söraganda, negadir xotiralarim og'riq bermadi.
- Ha, - dedim yolg'ondan. U magnitofon kuch bilan sug'urib olingani sabab qirilgan joylarga hayron tikilganida, darrov mavzuni özgartirdim.
Jeykob aytganidek, uyumdan ba'zi kerakli qismlarni topishga muvaffaq böldik. U mazutdan qop-qora bölib ketgan qismlarni qayerga ishlatishni tushuntirgandan keyin men ham mamnun jilmayib qöydim.
Bu yerda ishimiz tugagach, qismlar sotiladigan dökonga bordik. Ikki soatlik yöl davomida Jeykob meni umuman zeriktirmadi. Yöl böyi uning döstlari, maktabi haqida gaplashib ketdik.
- Faqat men gapiryapman, - norozi böldi u. - Sen og'iz ham ochmading. U yoq-bu yoqdan gapirsang-chi, Forksda nima yangiliklar? Shaharda yashash La-Pushda yashashdan köra qiziqroq bölsa kerak.
- Adashyapsan, - xörsindim men. - Umuman qiziq emas. Sening döstlaringni suhbati menikidan köra qiziqarliroq. Ayniqsa Kvil juda g'aroyib bola.
Jeykob qovog'ini uydi:
- Nazarimda Kvil ham seni yoqtirib qolgan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 15