- Hozir chaqiraman.
- Nima böldi, Bella? - jiddiy söradi dadam göshakni olishi bilan.
- Tinchlik, nima, men faqat biror falokat bölsa qöng'iroq qilamanmi? - arazlagan böldim.
- Oldin sira qöng'iroq qilmasding, nima gap?
- Tinchlik, faqat Bleyklarning uyiga qanday borish kerakligini söramoqchiydim. Jeykob bilan uchrashmoqchi edim. Anchadan buyon körganim yöq uni.
Dadamning quvonib ketgani ovozidan bilindi.
- Juda yaxshi, ruchkang bormi?
Dadam yaxshi dam olib kelishimni tilab xayrlashdi. Men u yerga dam olgani bormayotganimni aytmadim.
Shahardan katta tezlikda chiqib borarkanman, Jeykobni yolg'iz uchratishni umid qilardim. Agar Billi amaki uyda bölsa tashrifim sababini dadamga aytib qöyishi mumkin.
Bleyklarning kichkina yog'och uyini darrov tanidim. Qizil rangga böyalgan uy omborxonani eslatardi. Mashinadan tushib ulgurmasimdan Jeykob oynadan bosh suqdi. Tanish motor ovozidan kim kelayotganini bilgandi.
- Bella! - quvonib jilmaydi u. Oppoq yaltirab turgan tishlari jigarrang terisiga juda yarashardi. Sochiga e'tibor bermabman. Oldin sochini östirib, yig'ib yurardi. Endi esa chiroyli qilib qirqtirib olibdi. Ötgan 8 oy ichida ancha ösibdi. Yelkalari kengayib, yuzi jiddiy tus olib, kelishgan yigitga aylangandi.
- Salom, Jeykob! - döstona tabassumi kayfiyatimni kötardi. Uni körib turganimdan xursand bölayotganimdan özim ham hayron edim. Jeykob Bleyk menga yoqishini birinchi marta his qildim.
- Ösib ketibsanmi? - dedim kulgancha böyimizni ölcharkanman.
U mamnun jilmaydi va "Naq bir qarichga ösdim", dedi guldirab. Uning ovozi ham ancha dag'allashgandi.
- Hey, daroz! - dedim uni kalaka qilib.
- Böyim-ku, ösdi, endi bir oz semirishim kerak. Tezroq uyga kir, ivib ketasan, - dedi shoshirib. Keyin derazadan qichqirdi: - Dada, qarang, kim keldi!
Billi amaki öqib turgan kitobini qöyib, xursand xitob qildi:
- O, kimlar tashrif buyuribdi? Seni körganimdan xursandman!
U qöl berib körishganda baquvvat kafti orasida barmoqlarim yöqolib ketdi.
- Nima gaplar? Charli yaxshi yuribdimi?
- Yaxshi. Shunchaki, Jeykob bilan körishmaganimga yuz yil bölibdi, bir körib ketay deb keldim...
Bu gapim Jeykobga yoqib tushdi.
- Tushlikka qolasanmi? - Billi amaki qolishimni juda istardi.
- Yöq, dadamga ovqat tayyorlashim kerak.
- Hozir unga qöng'iroq qilib chaqiraman. Hammamiz birga ötiramiz.
- Boshqa payt. Keyingi gal birga ovqatlanamiz. Endi tez-tez kelib turmoqchiman, joningizga tegib ketaman hali.
- Mayli, - dedi Billi amaki hafsalasi pir bölib.
- Xösh, Bella, nima qilmoqchi eding?
- Farqi yöq, men kelgunimcha nima bilan band eding?
Ularning uyida özimni juda xotirjam his qilardim. Meni azobga soladigan xotiralar yöq edi bu yerda.
- Mashina yig'ayotganding, tugatdingmi? - söradim qiziqib.
- Hali tugatmadim, istasang, körsataman.
Billi amaki bilan "Keyin körishamiz" deb xayrlashdim va Jeykobning ortidan yugurdim. Garaj uydan ancha naridagi örmon ichida, közdan pana joyda joylashgan edi.
- Yana ozgina ishi bor, keyin bemalol haydasam böladi, - maqtandi Jeykob.
- "Folksvagen"mi?
- Eski "Rebbit", 1986 yilgi, dadam xarajatlarini töladi...
Ötgan yili bitiruv oqshomida Billi amaki Jeykobni menga elchi qilib jönatib, ba'zilardan nariroq yurishimni tayinlagani esimga tushdi. "Bu sening xavfsizliging uchun", degandi. Mana endi yolg'izman, hech qanday xavf-xatar ham yöq. Bu vaziyatni özgartirish uchun tezroq biror nima öylab topishim kerak.
- Jeykob, motosikllarni ham tuzatishni bilasanmi?
- Bir oz bilaman. Döstimning mopedi bor, ba'zida uni uchirib turamiz.
- Haligi... - Jeykob sir tuta olarmikan, deb ikkilandim. Lekin boshqa ilojim ham yöq edi. - Yaqinda ikkita motosikl olgandim, faqat ular yaroqli ahvolga emas. Agar tuzatib bersang, yaxshi bölardi.
- Zör-ku! - rostakamiga xursand bölib qichqirib yubordi u. - Urinib köraman.
Men sekinroq deb barmog'imni labimga bosdim.
- Gap shundaki, motosikllarni dadamning jini suymaydi. Agar bilsa, öldiradi! Shuning uchun Billi amaki ham bilmasa degandim.
- Albatta, tushundim. - yana jilmaydi Jeykob.
- Haqini tölayman, - davom etdim. Bu gapim unga tegib ketdi.
- Kerakmas. Men faqat yordam bermoqchiman. Pulning keragi yöq.
- Unda almashamiz. - Bu fikr ayni payti miyamga keldi. - Menga bitta motosikl kerak, ikkinchisini özingga olib qolishing mumkin. Evaziga haydashni örgatasan.
- Qoyil!
- Shoshma, bu qonunga xilofmasmi? Tug'ilgan kuning qachon?
- Ötib ketdi. Xavotirlanma, ön olti yoshdaman, - kuldi u.
- Kechir, tug'ilgan kuningda tabriklay olmaganim uchun.
- Hechqisi yöq, men ham senikini unutganman. Hozir yoshing nechada, qirqqa kirdingmi? - ustimdan kulishda davom etdi u.
- Shunga yaqinroq, - dedim. - Buni nishonlashimiz kerak.
U quvonib ketganini körib özimni koyidim. Haddan ortiq quvonchimni notög'ri tushunib qolmasidan bas qilishim kerak. Anchadan buyon bu qadar dilim yayramagani uchun özimni bosishim qiyin kechayotgandi.
- Böpti, motosikl tayyor bölsa, shu bir-birimizga sovg'amiz böladi.
- Qachon olib kelmoqchisan ularni?


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 41