- Ulardan biri közimga issiq körindi, - dedim yelka qisib.
- Sen juda g'alatisan, Bella Svon, - dedi u közlarimga tikilib. - Nazarimda men seni umuman bilmayman.
- Kechir, - dedim nima deyishni bilmay.
Ikkalamiz ham yemakxonagacha jim bordik. Jessika men bilan kinoga kelganidan afsuslanayotganini yashirib ötirmay, jahl qilardi. Ovqat mahali bir-ikki marta suhbatga tortishga urinib kördim, lekin u qaysarlik bilan mum tishlab ötirdi. Qaytishda esa gaplashmaslik uchun musiqani balandlatib qöydi. Aslida özimning ham valaqlashhb ötirishga xoxishim yöq, miyam hozir boshqa narsalar bilan band edi. Anchadan buyon birinchi marta xotiralarga berildim. Men uning ovozini aniq eshitdim. Bunga ishonish qiyinu, lekin ayni haqiqat. Endi özimni himoya qilish uchun asosiy qurolim bölgan befarqligimga qayta olmasligimdan chöchirdim. Lekin hozir shuni bildimki, uni unitishga qanchalik harakat qilmay, u yuragimda yashardi. Balki bir kun kelib uning közlari rangini, nafasi taftini unutarman, chunki uni öylashga haqqim yöq. Lekin u baribir yodimda yashayveradi, tirikligimning sababi ham u. Uning bu dunyoda borligini bilganim uchun ham yashashim kerak. Aynan shu narsa meni Forksga bog'lab turibdi, uni deb barcha azoblarga chidashga roziman. Dadam meni boshqa shaharga jönataman deganda jon-jahdim bilan qarshilik qilayotganimning sababi ham shu. Uning hech qachon qaytib kelmasligini bila turib, shunday yöl tutayotgandim. Turar joyimni özgartirsam, begona odamlar orasida uni unutishim mumkin edi, lekin buni sira istamasdim. Hozir g'alati holatda edi - eslashni ham istamayman, unutishni ham!
Jessika meni uyim yonida tashlab, hatto xayrlashishni ham lozim körmay mashinasini öt oldirdi. Dadam ostonada qöllarini chalishtirgancha meni kutib turardi.
- Salom, dada, - dedim va tezda xonamga chiqib ketmoqchi böldim.
- Qayerda eding? - keskin söradi dadam.
Men hayratlanib qaradim:
- Kinoga bordim, Jessika bilan Port-Anjelesga. Ertalab aytgandim-ku!
Dadam norozi ohangda davom etdi:
- Shunaqa, degin... Yaxshi dam oldinglarmi?
Nihoyat dadamning qattiq nigohidan qutilib xonamga yugurdim. Özimni divanga tashlarkanman, kutganimdek butun tanamni qattiq og'riq yemira boshladi. Sog'inch xuddi yuragimni parchalamoqchi bölgandek burovga olar, og'riqdan qöllarim muzlab, nafas olishim tezlashdi. Uni öylasam shu ahvolga tushishimni bilganim uchun ham uni xayolimdan quvardim. Befarqligim ming marta yaxshi edi, bunchalik qiynalmasdim. Bugungi gallyutsinatsiya kutilmaganda tuyg'ularimni uyg'otib yuborgandi. Anchadan buyon birinchi marta ertaga meni nimalar kutishi mumkinligi haqida öyladim.
V BOB. BUZILGAN VA'DA
- Bella, uyingga borsang bölardi, - dedi Mayk közlarimga qaramay. Birdan özimga keldim. Qachon ishga keldimu, qachon kech böla qoldi? Dökonda özini ashaddiy ovchi deb hisoblaydigan ikki bekorchidan boshqa hech kim yöq edi. Ular öz qahramonliklarini gapirib, bir-biriga navbat bermay maqtanishardi.
- Hozir ketaman, - dedim himoya qiladigan befarqligimdan voz kechishni istamay.
- Senga aytyapman-ku, bu ayiqning ishi emas, - shang'illadi usti-boshi kir bölib ketgan ovchilardan biri. - Men ularning köpini körganman, qora ayiqlar bu qadar katta bölmaydi.
- Nima böpti? Adashgan bölishing mumkin-ku! - e'tiroz bildirdi terisi quyosh va shamolda qurib, qorayib ketgan ikkinchi ovchi.
- Bella, hozir ikkalasi tortishishni tugatishi bilan dökonni yopaman, - shivirladi Mayk.
- U sendan ikki baravar katta, uydek keladi, kömirdek qop-qora. U haqida mahalliy politsiyaga aytmoqchiman. Odamlarni ogohlantirib qöyish kerak. Bu senga tog' chöqqisida bölgan gap emas, tasavvur qilyapsanmi katta yöldan sal narida bölgan voqea bu, - kuyib-pishib özinikini ma'qulladi yoshi keksaroq ovchi.
Ikkinchisi kulib yubordi:
- Har doimgidek lof qilyapsan! Nazarimda kamida bir haftadan buyon tuzukroq ovqatlanmagansan va ochiq havoda uxlagansan. Shu sababli közingga har xil narsalar körinyapti.
Keksa ovchining jahli chiqib Maykka ögirildi.
- Hoy, Mayk, shu kunlarda qora ayiqlar haqida ogohlantirishmadimi?
- Yöq, janob. Lekin ehtiyotkorlikni qöldan bermagan ma'qul. Ayiqlardan himoyalanish uchun yangi qutilar keltirganmiz, kördingizmi...
Suhbatning davomini eshitmay sel quyayotgan köchaga chiqdim va yomg'ir dömbira qilib chalayotgan mashinam tomon yugurdim. Kimsasiz uyimizga qaytgim kelmasdi. Ötgan tun juda og'ir kechgani sababli yana xotiralarim bilan yolg'iz qolishni istamasdim. Qolaversa, uyqumda ham halovat yöq, tuni bilan dahshatli tushlar körib chiqaman va har doim qörqqanimdan baqirib uyg'onib ketaman. Endi dadam xonamga yugurib kelmay qöygan. Avvallari har baqirganimda xabar olgani chopib kelardi. Aslida bu tushni birovga aytsam qörqmaydi. Tushim mendan boshqa hech kimni qörqitmaydi. Chunki unda arvohlar ham, jinnilar ham yöq. Faqat böshliq bor... Kimsasiz, quyuq va quloqni yorgudek sokin örmon ichida g'ira-shira qorong'ulik oralab nimadir izlayman, izlayveraman.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 17