Men esa orqa-oldimga qaramay uning ortidan ketardim. Uni topa olmasligimni bilsamda, töxtamasdim. Agar töxtasam hammasi tugardi. Muhabbat, hayot, maqsad - barchasi...
Yuraverdim, yuraverdim. Quyuq örmon oralab yurib vaqt tuyg'usini ham yöqotdim. Soatlar soniyadek ötardi. Qanchalik yurmay, örmon bir xil bölgani uchun joyimda aylanayotgandek edim. Qorong'u tushgani sayin tez-tez töqnashib, yiqilardim.
Oxiri nimagadir qattiq töqnashdim va qorong'ulik uzra quladim. Nafas olish uchun yonboshga ag'darildim, ichimdagi olovni oladiganden nam paporotniklarga yuzimni bosdim. Shundagina qorong'u tushib qolganini, örmon ichida ancha payt aylanib yurganimni sezdim. Qorong'u tushganda quyuq daraxtlar oy nurini juda kam ötkazardi. Lekin bugun shu ham yöq edi. Balki bugun oy yöqdir, balki yangi oy chiqqandir.
Yangi oy chiqqan kecha... Sovuq bölmasada titray boshladim. Shu ahvolda qancha yotdim, bilmayman, bir mahal uzoqdan ovozlar eshitila boshladi.
Ovozlar mening otimni aytib chaqirardiyu, notanish edi. Javob bermoqchi böldimu, ovozim chiqmadi. Ovoz bergunimcha ancha payt ötdi.
Ungacha ovozlar uzoqlashib ulgurdi.
Yuzimga tushgan yomg'irdan özimga keldim.
Oyoqlarimni qimirlatmoqchi böldim, iloji bölmagach, zörg'a qöllarimni harakatga keltirib yuzimni yopdim. Shu mahal ovozlar yana eshitildi. Bu gal ovoz uzoqdan keldi, meni bir necha kishi birdaniga chaqirardi. Shivirlagan ovozimni hech kim eshitmadi, qattiq qichqirish uchun holim yetmasdi.
Kutilmaganda qulog'im ostidan allaqanday hayvonning pishqirgani eshitildi. Qimirlamay yotaverdim. Kutilmaganda közimga xira nur tushdi. Nur yaqinlashib közimni fonarning nuri qamashtirib yubordi...
- Bella! - dedi notanish ovoz. - Hech qayering og'rimayaptimi?
Javob berolmadim.
- Men Sem Uleyman. Dadang seni qidirish uchun jönatgan. Örningdan tura olasanmi?
Men xuddi gapini tushunmayotgandek unga tikilib yotaverdim.
Ahvolim yaxshimasligini tushundi shekilli, engashib meni dast kötardi.
Sem meni xuddi jonsiz qög'irchoqdek kötarib, katta-katta qadamlar bilan örmon oralab orqaga qayta boshladi. Begona odam kötarib ketayotganidan norozi bölsamda, qarshilik körsatishga holim yöq edi. Köp ötmay chiroq nurlari közga tashlanib, odamlarning ovozi eshitila boshladi.
- Uni topdim! - qichqirdi xaloskorim baland ovozda.
Bir töda odam biz tomonga yugurdi.
- Yöq, nazarimda yaralanmagan, - kimgadir javob qaytardi u, - faqat tinimsiz "u ketdi" deb takrorlayapti.
Nahotki bu gapni ovoz chiqarib aytgan bölsam, uyatdan labimni qattiq tishladim.
- Bella, qizalog'im, yaxshimisan?
Dadamning ovozini önlab tovushlar orasidan tanib oldim.
- Dada, - dedim zörg'a. Ovozim özimga begonadek eshitildi.
- Shu yerdaman, bolam.
Sem meni kimgadir uzatdi. Sezishimcha, endi dadamning qölidaman.
- Balki men kötarib oborarman, - taklif qildi Sem.
- Yöq, özim, - dedi dadam va chayqalgancha keta boshladi.
Meni yerga qöying, degim keldiyu, lekin ovozim chiqmadi. Örmon ichini fonar nurlari tutib ketdi. Örmonning turli burchaklaridan fonar tutganlar biz tomon yugurib kelishardi. Közlarimni yumdim.
- Uyimizga keldik, qizalog'im, - dadam yöl böyi shu gapni takrorlardi. Nihoyat özimni uyimiz ayvonida kördim. Böyi baland kishi dadamga eshikni ochdi. Dadam meni mehmonxonadagi divanga yotqizdi. Keyin kimgadir zina yonidagi shkafdan odeyal olib kelishni buyurdi. Bir ozdan keyin sochlari oppoq kishi men tomon engashdi.
- Bella?
Bir necha lahzadan keyin uni tanidim.
- Doktor Jerandi? - shivirladim.
- Menman, qizim, - jilmaydi u. - Yaralandingmi?
Nega mendan hamma yaralandingmi deb sörayotganiga hayron böldim.
- Yöq, yarador emasman, - dedim. Ularga yuragim qattiq jarohatlanganini ayta olarmidim.
Doktor qölimdan tutib, yurak urishimni tekshira boshladi.
- Nima böldi? - dedi u ehtiyotkorlik bilan. - Örmonda adashib qoldingmi?
Tepamda turgan La-Pushlik baland böyli hindular gapimizga quloq solib turishardi. Sem Uley ham ular qatorida edi. Ularning ortida Mayk Nyuton, dadasi, öqituvchimiz janob Verber, Anjelaning dadasi ham körinardi. Tashqaridan ham ovozlar kelayotganiga qaraganda shaharchamizning yarmi meni qidirishga chiqqan.
Dadam hammadan yaqinroq turardi.
- Ha, - dedim nihoyat. - Örmonda adashib qoldim.
- Charchadingmi? - dedi doktor endi barmog'ini böynimga bosib.
Men bosh silkib közlarimni yumdim.
- Ahvoli yomonmas, - shivirladi doktor dadamga. - Faqat qattiq holsizlangan. Buguncha uxlab dam olsin, ertaga yana kelaman.
Uni kuzatish uchun dadam ham örnidan turdi.
- Shu gap rostmi? - shivirladi dadam. Butun tanam quloqqa aylandi. - Ular rostdan ham ketishdimi?
- Doktor Kallen bizdan ovoza qilmaslikni iltimos qildi, - javob berdi doktor Jerandi. - Tösatdan taklif tushgan va ular shoshilinch qaror chiqarishga majbur bölishgan. U ketishlari katta shov-shuvga sabab bölishini istamadi.
- Bir og'iz aytib qöysa bölardi-ku, - töng'illadi dadam.
Doktor Jerandi ham men tomonga ögirildi va achinib:
- Tög'ri, bunday vaziyatda ogohlantirib qöyish zarar qilmasdi, - dedi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев