U og'ir xörsindi.
- Bella, biz ketyapmiz.
Men ham xörsindim. Bu yoqimli xabar edi. Quvonsamda savollarim köp edi.
- Nega hozir, balki keyingi yil...
- Bella, vaqti-soati yetdi. Forksda bundan ortiq qola olmaymiz. Karlayl öttiz yoshdek körinsada, hammaga 33 yoshdaman, deyishga majbur bölyapti.
Men tushunmay unga tikildim.
Gapini notög'ri tushuganimni bilib, boshim aylandi.
- Biz deganing kim... - shivirladim.
- Men oilamiz va özimni nazarda tutyapman.
Men özimga kelish uchun boshimni egdim. U esa sabr bilan javob kutib turardi.
- Yaxshi, - dedim anchadan keyin. - Men ham sen bilan ketaman.
- Sen borolmaysan, Bella. Biz ketadigan joylar senga tög'ri kelmaydi.
- Sen qayerda bölsang, men ham ösha yerda bölaman. Joy tanlamayman.
- Men senga munosib emasman, Bella...
- Kulgimni qistatma, - dedim ötinib. - Sen hayotimdagi eng katta quvonchimsan.
- Mening dunyoim sen uchun emas, - dedi u shafqatsizlarcha.
- Jasper bilan bölgan voqea hech bir ahamiyatga ega emas, Edvard.
- Tög'ri aytasan. Bölishi kerak bölgan narsa böldi.
- Sen söz berganding. Finiksda, esingdami? Doim yoningda bölaman deganding...
- Albatta. Faqat senga zararim yetmasa, deganman, - gapimni tög'irlash uchun böldi.
- Yöq! Sen qalbim haqida qayg'uryapsan, shundaymi? - endi jazavaga tushib baqira boshladim. Chunki uni boshqachasiga köndirib bölmasdi.
- Karlayl gapirib berdi. Menga buning farqi yöq! Shundoq ham qalbim egasisan! Sensiz menga qalbning keragi ham yöq!
U og'ir xörsinib, birmuncha payt yerga sözsiz tikilib qoldi.
Nihoyat közini kötarganda nigohidan muzlab ketdim.
- Bella, sen men bilan ketishingni istamayman! - dedi dona-dona qilib, nigohini közlarimdan uzmay.
Aytgan gapining mag'zini chaqish uchun miyamda bir necha marta aylantirdim.
- Sen... birga ketishimni istamaysanmi?.. - xuddi yuragimdan yaralangandek sözlarni tög'ri talaffuz etolmay qoldim.
- Yöq.
Hamon karaxtlanib unga tikilib turardim. U özini oqlamadi. Men esa kerakli sözlarni topolmay esankirardim.
- M-mayli... nima ham derdim... Agar özing shuni xohlasang, bu boshqa gap... - ovozim xotirjam chiqqaniga özim ham hayron qoldim. Hamon eshitganlarimni hazm qila olmayotgan bölsam-da, özimni qölga oldim.
Anchadan keyin tilga kirgan Edvard közini olib qochib, gap boshladi:
- Albatta, nima bölganda ham men seni sevaman... Ötgan kecha röy bergan voqea özgarishlar payti kelganidan darak. Chunki men... men özimni boshqacha qilib körsatishdan charchadim. Men odam emasman, - gapiryaptiyu menga qadrdon bölgan yuzida befarqlik ufurib turardi. - Bu holatni uzoq davom etishiga yöl qöydim va bundan qattiq afsusdaman.
- Kerakmas... - shivirladim. Qonim qaynab borayotganini sezib turardim. - Bunday qilma.
Lekin u qarorini özgartirmasligini sözsiz ifodalab turardi.
- Sen menga munosib emassan, - dedi u kutilmaganda yuqorida aytgan gapini teskari ögirib. Men e'tiroz bildirmadim. Chunki buni özim ham bilardim.
Anchadan keyin esa: - Agar sen shuni xohlasang... - deya oldim zörg'a.
U bosh silkidi.
Indamadim.
- Sendan bir iltimosim bor, agar mumkin bölsa...
- Istagan narsangni sörayver, - dedim endi ancha özimni bosib.
U mening nigohimga dosh bera olmay bir oz yumshadi:
- Özingni ehtiyot qil, qahramonlik qilma. Tushunyapsanmi nima deyotganimni?
Men holsiz bosh silkidim.
- Dadangni ham qiynama. Özingni hech bölmasa dadang uchun asra.
- Söz beraman...
- Öz navbatida men ham va'damning ustidan chiqaman. Söz beramanki, meni qaytib körmaysan. Seni yana qiynalishingni istamaganim uchun ham qaytmayman. Taqdiringga aralashmayman. Hammasi xuddi men hayotingda bölmagan paytdagidek böladi...
Boshim aylandimi yoki daraxtlar chir aylana boshladimi bilmadim. Uning ovozi uzoqlardan kelardi.
- Xavotir olma, odamlarning xotirasi unutishga moyil, vaqt yaralaringni davolaydi.
- Seni xotiralaring-chi? - söradim köz yoshlarimni yutib.
- M-meniki, - dedi u ikkilanib. - Men unitishni istamayman. Lekin biz tez chalg'iymiz, - dedi u jilmayib lekin közi muzdek boqardi. Shundan keyin u sekin-sekin uzoqlasha boshladi.
- Böldi. Endi seni bezovta qilmaymiz.
Tuyg'ularim isyoni butun tanamni egalladi. Demak, Elis ham qaytmaydi. Bu gapni ovoz chiqarib aytmadim, lekin meni qanday eshitdi, bilmadim, bosh silkidi:
- Yöq. Ular ketishdi. Sen bilan xayrlashish uchun faqat men qoldim.
- Elis ham ketdimi? - gapirishga holim qolmadi.
- U sen bilan xayrlashmoqchi edi, lekin men qöymadim. Sen bilan aloqani butkul uzsak, senga osonroq böladi.
Men nafasimni rostlash uchun chuqur-chuqur nafas ola boshladim.
- Alvido, Bella, - dedi u shivirlab, lekin bu söz quloqlarim ostida aks-sado bergandek böldi.
- Shoshma, - dedim u tomon intilib, lekin jonsiz oyoqlarim böysunmadi.
U menga qölini chözadimi deb öylagandim, ammo u qöllarimni sekin tushirib, keyin tezgina peshonamdan öpdi va "özingni ehtiyot qil" dedi. Közimni ochgunimcha daraxt yaproqlari keskin shitirladi. Demak, u ketdi. Men esa oyoqlarim chalishgancha uning ortidan otildim.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12