TAMOM
Ertalab özimni har qachongidan yomon his qildim. Yomon uxlaganimga qölimning og'rishi qöshilib, boshim löqillab borardi. Aslida kayfiyatimni buzgan narsa Edvardning sovuqqonlik bilan xayrlashib, derazadan sakrab tushib ketgani böldi. Bilishimcha, u uxlaganimda nima tög'riyu, nima notög'riligi haqida rosa öylagan...
Edvard har doimgidek meni maktabda kutib turardi, lekin hamom yuzi g'azabnok edi. Uning közlari men bilishni istamagan narsa aks etib turardi. Qörqqanimdan kechagi voqealarni muhokama qilib ötirmadim.
- Ahvoling yaxshimi? - dedi u menga eshikni ocha turib.
- Yaxshi, - dedim yolg'ondan.
Savollarim köp ediyu, yaxshisi, Elisdan söraganim ma'qul. Jasperning ahvoli, men ketgandan keyin nimalarni gaplashishgani? Rozali nima degani? Eng asosiysi, kechagi voqeaning davomini Elis qanday bashorat qilayotgani? Edvard nega tund yurgani? Mening gumonim asoslimi-yöqmi?.. Hamma-hammasini bilgim kelardi. Tezroq darslar tugab, tushlikka chiqishni, u yerda Elis bilan gaplashishni istardim. Lekin Elis tushlikka kelmadi.
- Elis qani? - söradim xavotirim oshib.
U sözsiz likopchasidagi shokoladga tikilib ötiraverdi.
- Jasperning yonida, - dedi anchadan keyin.
- Jasper tuzukmi?
- U vaqtincha shahardan ketdi.
- Nima?! Qayerga?
Edvard yelka qisdi.
- Bilmadim, allaqayerlarga...
- Demak Elis ham u bilan ketgan... - shivirladim.
- Ha. U ham ma'lum vaqt bölmaydi. Elis uni Denalilarnikiga ketishga köndirmoqchi edi...
Denalilar Kallenlarga öxshab kun köradigan oila. Ötgan yili men endi maktabga kelgan kunlarimda Edvard ularnikiga qochib ketgandi.
Bu voqealarning hammasi meni deb bölayotgandi. Özimmi aybdor sanab yerga tikildim. Men sabab Jasper ham Rozali va Emmettga öxshab uydan ketishga majbur. Men ular uchun falokat edim.
Anchagacha indamay ötirdik. Edvard meni pikapim yonigacha kuzatib qöyganida:
- Kechqurun kelasanmi? - söradim sekingina.
- Agar kelishimni istasang.
- Men doim yonimda bölishingni istayman, - dedim közimni yerdan olmay.
U kulib qöyishini, hech bölmasa tabassum qilishini kutgandim.
Lekin u "yaxshi" dedi quruqqina qilib. Közim yoshga töldi. U esa pikapim eshigini yopib öz mashinasi tomon ketdi.
Hozir kayfiyati yöq, bir oz vaqt ötsa öziga kelib qoladi, deb özimni tinchlantirdim. Balki oilasi tarqab ketayotgani uchun g'amgindir. Lekin opa-ukalari yaqinda qaytib kelishadi-ku. Agar shu yordam beradigan bölsa, men ularnikiga qaytib bormaslikka ham tayyorman. Elis bilan maktabda uchrashib tursak ham böladi. Bahorda yuz bergan fojianing oldida kechagi voqea nima böpti? Lekin... Ötgan gal Edvard meni dushmandan himoya qilgan. Bu gal esa dushman emas, öz akasi! Balki oilasi butunlay tarqab bölmasdan meni yoniga olgani yaxshidir...
Yöl böyi shu savollar tinchlik bermadi. Ish vaqti tugaguncha esa yuragim siqilib ado böldim. Mayk Nyutonning oxiri yöq savollariga ham istamaygina javob qaytardim. Tezroq Edvardni körgim kelardi. Kechqurun körishgunimizcha mushkulotlardan chiqish yöllarini topadi deb umid qilardim. Uyim yonida turgan kumushrang "volvo"ni körganimda yelkamdan tog' ag'darilgandek yengil tortdim. Öz-özidan yig'lagim keldi. Uyga yugurib kirganimni körgan dadam: - "Biz shu yerdamiz, Bella", deb qöydi. Ular televizor körib ötirishardi.
- Ovqatlansang, pitsa bor, - dedi dadam televizordan köz uzmay. Kirib kelganimdan buyon bir nuqtaga tikilib ötirgan Edvard közini kötarib menga qaradi va odob yuzasidan jilmayib qöydi.
Men nima qilishni bilmay oshxonaga yöl oldim. Yuragimni xavotir yeb tugatay dedi. Özimni boshqarishga qanchalik urinmay, qandaydir noxushlik yuz berishini sezib turardim. Qanday qörqinchli voqea yuz berishi mumkin deb tahlil qila boshladim va xayolimga kelgan fikrdan seskanib ketdim. Ularning uyiga hech qachon bormaslikka ham roziman. Balki birgalikda uzoqroqqa ketarmiz. Lekin onamdan butunlay uzoqlashish, ayniqsa, dadamni yolg'iz tashlab ketishni öylaganimda yuragim achishib ketdi.
Mayli, axir biz ularni körgani kelib turamiz-ku. Tanlagan yölim qiyinligini bilib turardim. Demak, hamma narsaga tayyor turishim kerak. Shundan keyin fotoapparatni qölimga oldim. Edvard bilan ketishdan oldin Forksdagi hayotimni suratlarga muhrlab qöygim keldi. Kechagidan buyon hayotim qanchalar özgarib ketganini öylab qayg'urdim. Xuddi chuqur jar qarshisida turgandek boshim aylanardi. Fotoapparatdagi tasmada Edvardning rasmi aks etadimi-yöqmi bilolmay kulgim keldi. Meni katta özgarishlar kutayotganini sezib turardim. Edvard birga ketishni taklif qilishga jur'at qilolmay turgan bölishi mumkin. U dadamni qanchalik yaxshi körishimni biladi. Shu sabab uni köp qiynamay, taklifini qabul qilishga tayyor turishim kerak. Mehmonxonaga kirganim zahoti Edvardga sezdirmay kamerani unga qaratib, shiqillatdim. U quvonib ketsa kerak deb öylagandim, lekin u hatto qarab ham qöymadi. Dadam esa "nima qilyapsan, Bella" deb töng'illab qöydi.
Dadam meni suratga olma, deyishiga qaramay ularni ketma-ket suratga tushirdim.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6