kuni har yerda
g'iybat, Men haqimda har kuni
har yerda tuhmat, Bilmayman
yaxshimi yo yomon suhbat, Men
yaxshi ko'raman dushmanimni
ham, Meni eslabsizlar shunga
ham rahmat. Yashayman goh
baxtim goh dardim bilan,
Qayerda yuribman yoki kim bilan,
Yaxshi nom bilan yo yomon nom
bilan, Bilmayman yaxshimi yo
yomon suhbat, Meni eslabsizlar
shunga ham rahmat. Mening
aybim siz deb ijod qilganim,
Gohida ko'nglingiz ololmaganim,
Uzr, og'ir botsa birorta gapim,
Unutilmoq o'lim, yodga tushmoq
baxt, Eslab tursangizlar shunga
ham rahmat. Orzuyim emasku
faqat shon-shuhrat, Yoki soxta
obro' yo soxta hurmat, Topganim
halollik, bilganim mehnat, El ichra
nomimni asrasangiz bas,
Xalqimning ishonchi menga oliy
baxt. Daryoman deb bir xil oqib
bo'lmaydi, Hammaga bir xilda
yoqib bo'lmaydi, Tun-u kun qora
ter to'kib bo'lsa ham, Hammani
ko'nglini olib bo'lmaydi, Sizda
ham bizda ham har xil vaziyat,
Sizda ham bizda ham har xil
kayfiyat, Meni eslabsizlar shunga
ham rahmat. Quloqqa chalinar
bazida mish-mish, Xato qilgan
bo'lsam, nima bo'pti, xo'sh
Shartmi bir tuyani qirq tuya
qilish, Sizdan insof so'rab
qolaman faqat, Meni eslabsizlar
shunga ham rahmat.
Ko'rishganda omad tilab
qo'yarlar, Go'yoki boshimni silab
qo'yarlar, Biz senga do'stmiz deb
lekin ortimdan, Jimgina nomimni
bulg'ab qo'yarlar. Sizni
kechirganman, otmasman la'nat,
Meni eslabsizlar shunga ham
rahmat. Falonchi dushmaning
deydi odamlar, Senga omad kelsa
hasaddan yonar, O'rtani
buzmanglar deyman har safar,
Deyman do'stim menga qilmaydi
hasad, Meni o'ylabsizlar shunga
ham rahmat. So'ylamoqdan avval,
o'ylash kerak sal, Bir chimdim
gunohdan qo'rqib loaqal, O'zing
ZUXRIDDIN bo'lib ko'r avval,
Bekor yashamasdan, topib bekor
vaqt, Meni eslabsizlar shunga
ham rahmat.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев