Onajonim mayus ko'zin yoshlatib..
Mehrsiz dunyolarga kelmayman qaytib..
O'lsam Onajonim yig'latma Xayot!
Yuragi yig'laydi ko'zi kuladi..
Ollohimdan menga baxtlar so'raydi..
Men o'lsam balki qabr uying to'ladi...
Ketsam Onajonim yig'latma Xayot!
Yig'lab o'tmoqdaku onamning umri..
Ko'pam qiynayverma yetmaydi sabri..
Menga ber onamning g'amlarin bari...
O'lsam Onajonim yig'latma Xayot!
Bir kuni muzlaydi, tosh qotib tanam..
Uzoq yashamayman buni bilaman..
Faqat chin yig'laydi, munisim onam..
Ketsam mehribonim yig'latma Xayot!
Mendan keyin qolar faqat sherlarim..
Ortimdan yig'laydi balki baytlarim..
Yolg'on dunyodagi yagonam borim..
O'lsam onajonim yig'latma Xayot!
Onajon yig'lamang men o'lsam agar..
Shunchaki uzoqroq uxlagim kelar...
Ruhim shu tanadan ketmoqni istar...
Ketsam Onajonim yig'latma Xayot!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев