Sizdan iltimos ertaga shirin taomlar pishirib dasturxon tayyorlang bugun ularga qo’ng’iroq qilib taklif qilaman.Yig’ilmaganimizga ham ancha bo’libdi dedi.Ayol esa ensasini qotirib norozi ohangda xushlamay kinoya bilan mayli kelaversin bir gap bo’lar debdi.Er unday bo’lsa ularni ertaga chaqiraman deb sevinibdi.Tong otibdi er odatdagidek ishga ketib kunduzgi peshin payt uyga yetib kelibdi.Ayolidan tushlik uchun dasturxon tayyormi yaqinlarim birozdan so’ng kelib qolishadi deb so’rabdi.Ayoli yo’q tayyorlamadim begona emasku sizning yaqinlaringiz uydagi bor narsadan yeyaverishadi.Er xonim nima uchun biror narsa pishirish niyatingiz yo’qligini kecha aytib qo’ymadingiz hozir kelib qolishadi nima qilamiz endi deb ajablanibdi Ularga qo’ng’iroq qilib kelmasliklarini ayting uzr so’rang vassalom ahir begona emasku sizning yaqinlaringiz to’g’ri tushunishadi norozi ohangda debdi.Er indamay uydan chiqib ketibdi.Bir necha daqiqadan so’ng eshik taqilladi.Ayol borib eshikni ochibdi va hayron qolibdi.Chunki qarshisida o’zining ota onasi opa singillari aka ukalari jiyanlari turar edi.Otasi qizidan kuyovim qani deb so’rabdi.Ayol biroz avval chiqib ketgan edi debdi zo’rg’a kecha ering bizlarni bugungi tushlikka taklif qilgan edi baraka topsin bizlarni chaqirib o’zi ketib qoldimi?ayolni bu gap chaqmoq urgandek bo’ldi.Terlab ketgan qo’llarini bir biriga ishqalagan holda o'y bilan ahir uydagi narsalar bilan yaqinlarni kutib ololmayman to’g’ri kelmaydi erimning yaqinlariga bo’laverardi o’zimning yaqinlarimga bo’lmaydi qanday qilib oddiy ko’rimsiz dasturxon qilish mumkin degan vahima bosibdi.Ayol eriga qo’ng’iroq qilib nimaga tushlikka mening yaqinlarimni chaqirganingizni aytmadingiz deb so’roq qila boshladi.Er esa hotirjam mening yaqinlarimmi yoki siznikimi nima farqi bor dedi.Sizdan iltimos uyda hech narsa yo’q ovqat qilmaganman biror tayyor taom keltira qoling deb yalinibdi.Er men hozir uydan uzoqdaman qolaversa ular begona emas sizning yaqinlaringiz ularga ham mening yaqinlarimga istaydigan uydagi bor narsalar bilan mehmon qila qoling bu sizga dars bo’ladi toki mening yaqinlarimni ham shunday xurmat qilishni odatlanasiz deb javob beribdi Xulosa o'zingizdan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев