Respublikasi
Maydoni: 3 287 590 kv.km .
Aholisi: 1,2 milliarddan
ortiq.
Poytaxti: Niyu Dehli.
Tuzumi: parlamentar
respublika.
Davlat boshlig‘i: prezident.
Ma’muriy tuzilishi: 28 ta
shtat, 6 ta birlashgan
hudud va Dehli milliy
poytaxt okrugiga
bo‘linadi.
Yirik shaharlari: Mumbay,
Dehli, Kalkutta, Bangalor,
Haydarobod, Chennay,
Ahmadobod.
Pul birligi: hind rupiyasi.
Jug‘rofiy o‘rni. Hindiston
Janubiy Osiyoda
joylashgan. Maydoni
kattaligi jihatidan
dunyoda yettinchi o‘rinda
turadi. G‘arbda Pokiston,
shimoli-sharqda Xitoy,
Nepal, Butan, sharqda
Bangladesh va Myanma
mamlakatlari bilan
chegaradosh. Bundan
tashqari, dengiz orqali
janubi-g‘arbda Maldiv
orollari, janubda Shri
Lanka va shimoli-sharqda
Indoneziya bilan qo‘shni.
Iqlimi. Hindiston iqlimiga
mussonni (qishda dengiz
tomonga, yozda
dengizdan quruqlik
tomonga esadigan
shamol) keltirib
chiqaruvchi Himolay tog‘i
va Tar cho‘li kuchli ta’sir
o‘tkazadi. Himolay
Markaziy Osiyoning sovuq
shamollariga to‘siq bo‘lib
turadi. Shu tufayli
Hindistonning katta
qismida iqlim Yerning
boshqa hududlaridagi
kengliklarga nisbatan
issiq bo‘ladi. Iqlimi asosan
to‘rt xil: tropik, quruq
tropik, mussonli
subtropik va baland tog‘
iqlimi.
Tarixi. Mamlakatning
rasmiy nomi sanskritcha
sindxu (Hind daryosining
tarixiy nomi) so‘ziga
o‘xshash eski forscha
“hindu” so‘zidan kelib
chiqqan.
Olimlar taxminicha,
Hindistonda 200 ming–
500 ming yillar oldin ham
odamlar yashagan.
Miloddan oldingi 520 yil
atroflarida, fors podshohi
Doro I hukmronligi
vaqtida Ahamoniylar
imperiyasi Hindiston
yarimorolining shimoli-
g‘arbiy qismini (hozirgi
sharqiy Afg‘oniston va
Pokiston) egalladi.
Miloddan oldingi 334 yili
Iskandar Maqdunli Kichik
Osiyo va Ahamoniylar
imperiyasini bosib oldi.
So‘ngra Gidaspda bo‘lib
o‘tgan jangda podsho Por
ustidan g‘alaba qozonib,
Panjobning katta qismini
zabt etdi.
1526 yili temuriylar
sulolasidan Zahiriddin
Muhammad Bobur Haybar
dovoni orqali o‘tib,
Boburiylar davlatiga asos
soldi. XVIII asr
boshlaridan bu davlat
zaiflasha boshladi va
1857 yilgi Sipohiylar
qo‘zg‘olonidan (Hindiston
xalq qo‘zg‘oloni nomi
bilan ham mashhur) keyin
tugatildi. XVII asr
boshlarida Hindistonga
Angliya va Gollandiyaning
Ost-Indiya kompaniyasi
kirib keldi. 1857 yili bu
kompaniya tugatilganidan
so‘ng, mamlakatni Buyuk
Britaniya boshqardi. 1946
yili Javoharlal Neru
yetakchiligida muvaqqat
hukumat tashkil qilindi.
Milliy ozodlik harakatining
kuchayishi sababli ingliz
mustamlakachilari
Hindistondan chiqib
ketishga majbur bo‘ldi.
1947 yilning 15 avgustida
mamlakat hududida ikki
mustaqil davlat –
Hindiston va Pokiston
dominionlari paydo bo‘ldi.
1950 yil 26 yanvar kuni
Hindiston suveren
respublika deb e’lon
qilindi.
Britaniya Hindiston
hududi mustaqillikka
erishganidan so‘ng,
Hindiston Pokiston
dominioni va Hindlar
ittifoqiga bo‘lindi. Panjob
va Bengaliyaning ajralishi
oqibatida hindlar,
sikxiylar va musulmonlar
o‘rtasida qonli jang
boshlandi. Natijada besh
yuz mingdan ko‘proq
odam halok bo‘ldi.
Mamlakat bo‘linishi
zamonaviy dunyo
tarixidagi eng katta aholi
ko‘chishlaridan biriga olib
keldi. O‘n ikki milyonga
yaqin hindlar, sikxiylar va
musulmonlar Hindiston va
Pokiston maydoni bo‘ylab
sochilib ketdi. Hindiston
1945 yili BMTga a’zo
bo‘ldi. 1991 yil 26
dekabrda yurtimiz
suverenitetini tan oldi va
1992 yil 18 martda
diplomatiya
munosabatlari o‘rnatdi.
Milliy bayramlari: 26
yanvar – Respublika kuni
(1950) va 15 avgust –
Mustaqillik kuni (1947).
Iqtisodi. Oxirgi yigirma yil
ichida eng tez
rivojlanayotgan
mamlakatlardan biri
Hindistondir. Yalpi ichki
mahsulotning o‘rtacha
yillik o‘sishi 5,5 foizni
tashkil etadi. 516,3 milyon
odam bilan ishchi kuchi
bo‘yicha dunyoda ikkinchi
o‘rinda. Ulardan 60 foizi
qishloq xo‘jaligida, 28
foizi xizmat ko‘rsatish
sohasida, 12 foizi
sanoatda ishlaydi. Guruch,
bug‘doy, paxta, kanop,
shakarqamish va
kartoshka muhim qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari
hisoblanadi. Qishloq
xo‘jaligi sohasi yalpi ichki
mahsulotning 28 foizini,
xizmatlar sohasi va
sanoat 54,18 foizni
tashkil qiladi. Asosiy
sanoat tarmog‘i
avtomobilsozlik, sement
ishlab chiqarish,
elektronika, oziq-ovqat
mahsulotlari,
mashinasozlik, foydali
qazilmalar qazib olish,
neft, dori-darmon, metall
ishlash va
to‘qimachilikdan iborat.
So‘nggi yigirma yil
mobaynida Hindiston
iqtisodi barqaror o‘sishga
erishdi.
2007 yili eksport miqdori
140 milyard, import esa
yaqin 224,9 milyard
dollarga yetdi.
Hindiston temir yo‘llarida
yiliga olti milyardgacha
yo‘lovchi va 350 milyon
tonna yuk tashiladi.
Mamlakatning bosh temir
yo‘l operatori 99 foiz
tashishni nazorat qiluvchi
“Indian Railways”
sanaladi.
1950 yili Hindistonda 64
ta fuqaro aeroporti
bo‘lgan. Hozir aeroportlar
soni 454 taga yetdi.
Tili. Hindiston hind tili
guruhi va dravid tillari
oilasining vatani
hisoblanadi. Eng ko‘p
tarqalgan til – hind tili va
u Hindiston hukumatining
rasmiy tili sanaladi. Biznes
va ma’muriy ishlarda keng
qo‘llanadigan ingliz tili
“yordamchi rasmiy til”
maqomiga ega. Bu til o‘rta
va oliy ta’limda muhim
o‘rin tutadi. Hindiston
konstitutsiyasida
aholining ko‘p qismi
gaplashadigan va
mukammal xuquqiy
maqomga ega bo‘lgan 21
ta rasmiy til belgilangan.
Mamlakat aholisi umumiy
hisobda 1652 ta shevada
so‘zlashadi.
Aholisi. Hindiston aholi
zichligi bo‘yicha dunyoda
Xitoydan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Oxirgi o‘n
yillikda shaharga ko‘chib
kelish ko‘payib,
shaharliklar soni keskin
o‘sganiga qaramay,
aholining deyarli 70 foizi
qishloqlarda yashaydi.
Madaniy, nasliy va til
xilma-xilligiga ko‘ra,
dunyoda Afrika qit’asidan
keyin ikkinchi o‘rinni
egallaydi. Aholining 51,5
foizi erkaklardan, 48,5
foizi ayollardan iborat.
Dini. 80 foizdan ortiqroq
(900 mln) xalq hinduiylik
tarafdori. Musulmonlar 14
foiz, nasroniylar 2,4 foiz,
sikxiylar 2 foiz va
buddistlar 0,7 foizni
tashkil etadi. Musulmonlar
soni 165 million. 2001 yili
138 milliondan ortiq
musulmon ro‘yxatga
olingan edi. Bu
ko‘rsatkich 36 foizga
o‘sdi. Islomni qabul
qilayotganlar soni tobora
ortib boryapti.
Shimoli-g‘arbiy Hindiston
fath etilgach, bu yerda
Islom dini yoyila
boshlagan. IX–XI asrlarda
Hind vodiyi (hozirgi
Pokiston) aholisi Islomni
to‘liq qabul qilgan.
Hindiston va Gang
vodiyining qirg‘oqbo‘yi
aholisi Islom bilan arab
savdogarlari orqali
tanishgan bo‘lsa ham, hali
uni qabul qilmagan edi.
Mahmud G‘aznaviy
Panjobni egallab,
butxonalarni
tozalamagunicha,
Islom dinining ta’siri
kuchli bo‘lmagan. Islom
dinining yoyilishi –
Boburiylar hukmronligi
davrida (1526–1858)
yangi bosqichga ko‘tarildi.
Islom dini Hindiston
hayoti va madaniyatiga
katta ta’sir ko‘rsatgan.
Hind me’morchiligi,
musiqasi, adabiyoti,
ijtimoiy tuzumi – barchasi
Islom ta’siri ostida
zamonaviy shaklga ega
bo‘lgan. Buyuk Britaniya
Hindistonni bosib
olganidan so‘ng,
Islomning
ommalashuviga chek
qo‘yildi. Uning ta’siri
zaiflashdi. Shunga
qaramay, musulmonlar
jamiyati saqlanib qoldi.
1991 va 2001 yillar
oralig‘ida hinduiylar soni
20,3 foizga, musulmonlar
soni esa 29,6 foizga
ko‘paydi.
Hindistonda eng katta
masjid Dehli jome
masjididir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8