Davlatimiz martabasi bundan-da ulug' bo'lsin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.
O`zbekistonda avval ham Konstitutsiyalar qabul qilingan edi (O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan). Lekin u konstitutsiyalarda xalq o`z taqdirini o`zi belgilash xuquqidan mahrum edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov shunday degan edi: �Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko`p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo`lishiga bog`liq�. Konstitutsiya Italiya, Frantsiya, Finlyandiya kabi davlatlar konstitutsiyalari tarixini o`rganib, bizga taalluqli joylari olib tuzildi. Bunda BMTning Xalqaro Inson xuquqlari bo`yicha hujjatlari va boshqa hujjatlardan ham foydalanildi.
Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo`ydi. Shu bo`yicha tushgan barcha taklif, mulohazalar o`rganib chiqilib, Konstitutsiya loyihasiga kiritildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев